» » Toshkentda bir oyda 87 ta tez yordam va 2 ta o‘t o‘chirish mashinasi kameraga tushdi. Biroq ularning jarima qog‘ozlari bekor qilindi

Toshkentda bir oyda 87 ta tez yordam va 2 ta o‘t o‘chirish mashinasi kameraga tushdi. Biroq ularning jarima qog‘ozlari bekor qilindi


15-martdan 13-aprelga qadar 87 ta tez yordam va 2 ta o‘t o‘chirish mashinasi qizil chiroqdan o‘tgani va tezlikni oshirgani uchun Toshkent chorrahalaridagi kameralar tomonidan nishonga olindi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, agar shoshilinch va maxsus xizmatlarning mashinalari miltillovchi ko‘k yoki ko‘k va qizil chiroqlarini yoqib harakatlansa, kameralar ularning harakatlarini qoidabuzarlik sifatida qayd etmaydi.

“Biroq zikr etilgan holatlarning hech birida shoshilinch xizmatlarning mashinalari maxsus chiroqlarini yoqmagan. Shunga qaramay, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatlari rahbariyati tomonidan ekipajlar haqiqatan ham shoshilinch chaqiruvlarda bo‘lgani haqida asosli dalillar keltirilganidan so‘ng, jarima qog‘ozlari bekor qilindi”, — deyiladi xabarda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют