» » Ispaniyada bir sutka davomida koronavirusdan vafot etganlar soni 123 kishigacha kamaydi

Ispaniyada bir sutka davomida koronavirusdan vafot etganlar soni 123 kishigacha kamaydi


Ispaniyada COVID-19 qurbonlarining soni oxirgi bir sutka ichida 123 kishigacha kamaydi va bu 10-mayda qayd etilgan natijadan 20 nafarga kam va 18-martdan (107 nafar bemor vafot etgan) beri kuzatilgan eng kam o‘lim holatidir. Bu haqda Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib “RIA Novosti” xabar qildi.

Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon vafot etganlarning umumiy soni 26 744 nafar yetgan, Ispaniya butun dunyoda koronavirusdan qayd etilgan o‘limlar soni bo‘yicha AQSh, Buyuk Britniya va Italiyadan keyin 4-o‘rinda bormoqda.

Oxirgi 24 soat ichida 373 ta kasallanish holati qayd etilgan, epidemiya boshlanganidan beri polimer zanjir reaksiyasi testi orqali 227 436 ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan (ispanlar butun dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinda). Bir sutka davomida kasallikdan tuzalganlar soni yana uni yuqtirib olganlar sonidan oshdi va 973 nafarni tashkil qildi. Mamlakatda kasallik tarqala boshlaganidan beri 137 ming nafar bemor kasallikdan sog‘aygan.

Ispaniyada kasallanganlar soni kundan kunga qisqarib bormoqda, 11-may holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 63,5 ming nafarni tashkil qilgan.

Kasallanganlarning 48 320 nafari tibbiyot xodimlari, kasaba uyushmalari bergan ma’lumotga ko‘ra 40 nafardan ko‘proq tibbiyot xodimi kasallikdan vafot etgan.

10-may kuni Ispaniyada bir sutka davomida 143 nafar bemor koronavirus oqibatida vafot etgani, 621 ta kasallanish holati kuzatilgani va 2214 nafar odam kasallikdan tuzalgani ma’lum qilingan.

Mavzuga doir: Ispaniyada ko‘chada sayr qilish va sport bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi

Ispaniya deputatlar kongressi yuqori darajadagi safarbarlik tartibini 24-mayga qadar uzaytirgan. Mamlakat hukumati 28-aprelda 4 ta bosqichga ega karantindan sekin-asta chiqish rejasini e’lon qilgan. 11-maydan mamlakat aholisining yarmi istiqomat qiladigan qismida karantin cheklovlarini yumshatish bo‘yicha rejaning birinchi bosqichiga o‘tilgan. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches hammasi hozirgiday bo‘lsa iyun oyi oxirida mamlakat odatiy hayot tarziga qaytishi mumkinligini aytib o‘tgan.

Mavzuga doir: Ispaniyada 45 kunlik karantindan so‘ng ko‘chaga chiqqan bolalar — suratlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют