» » “Ilhaq” filmini muallif roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganlar jarimaga tortiladi

“Ilhaq” filmini muallif roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganlar jarimaga tortiladi


O‘zbekiston telekanallarida II jahon urushi voqealarini o‘zida aks ettirgan “Ilhaq” badiiy-tarixiy filmi namoyish etilgan edi. Biroq ba’zi bir ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar va sahifalar ushbu filmni muallif roziligisiz o‘zlarining sahifalariga joylashtirib, mualliflik huquqlari poymol qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, mualliflik huquqini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish)ga asosan mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek, ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdori (223 000 so‘m)ning bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

“ ‘O‘zbekkino’ Milliy agentligi buyurtmasi asosida mualliflar jamoasi — aktyor va aktrisalar, rejissorlar, ssenariy mualliflarining zahmatli mehnatlari bilan yaratilgan asarni huquq egalarining roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmang, o‘zgalarning mehnatini qadrlang hamda o‘zingizning fuqarolik pozitsiyangiz bilan milliy kino sanoati rivojiga hissa qo‘shing”, — deb ta’kidlagan Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.

Mavzuga doir: “Qarg‘alar uchsa qaraylik”. “Ilhaq” filmidan nima kutgandim-u, nima oldim?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют