» » Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 600 kishidan oshdi. O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 1982 nafarga yetdi

Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 600 kishidan oshdi. O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 1982 nafarga yetdi


Toshkent shahridagi davolash muassasalarida 36 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va 11-may kuni reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahrida tuzalganlarning 26 nafari Toshkent shahridan, 4 nafari Farg‘ona viloyatidan, shuningdek, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan ham tuzalganlar qatoridan joy olgan.

Sog‘ayganlardan 26 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 7 nafar bemor Rossiyadan, 3 nafari esa Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 28 nafari erkak, 8 nafari ayol. Ular orasida eng kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 2019-yilda tug‘ilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar koronavirusdan tuzalganlar soni 611 nafarga yetdi.

Sirdaryo viloyatida tuzalgan 40 yoshli erkak Yangiyer shahridan bo‘lib, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, mazkur bemor shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga koronavirusdan tuzalganlar soni 14 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 11-may kuni 101 nafar bemor butunlay tuzaldi. Ayni paytda mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1982 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 11-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 29 kishiga oshib, 2482 nafarga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 10 kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют