» » Qrimda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Ukrainaga kiritilmadi

Qrimda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Ukrainaga kiritilmadi


Ukraina chegarachilari Qrimdagi Ukraina—Rossiya chegarasida bir guruh O‘zbekiston fuqarolarini to‘xtatib qoldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

“Chegarachilar Qrim ma’muriy chegaralarida yarimorolga tegishli hujjatlarsiz kelgan olti o‘zbekistonlikni aniqladi. Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan barcha xorijiy fuqarolarga uch yil davomida Ukraina hududiga kirish taqiqlandi”, — deyiladi Ukraina davlat chegara xizmati axborotida.

Qayd etishlaricha, O‘zbekiston fuqarolari Qrim hududiga ayni vaqtda ishlamayotgan chegara punkti orqali o‘tgan va ularda Qrimga kirish uchun tegishli ruxsatnoma bo‘lmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют