» » O‘zbekistonda 2020-yilda barcha shifoxonalar va bolalar bog‘chalarini optik tolali internetga ulash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2020-yilda barcha shifoxonalar va bolalar bog‘chalarini optik tolali internetga ulash rejalashtirilmoqda


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may, dushanba kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, Jahon banki hisobotiga ko‘ra, keng polosali internet tarmog‘ini 10 foiz kengaytirish evaziga yalpi ichki mahsulotni kamida 1 foizga o‘stirish mumkin.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilda O‘zbekistonda optik tolali aloqa qamrovini maktabgacha ta’lim tizimida 41 foizdan 100 foizga, xalq ta’limida 40 foizdan 70 foizga, sog‘liqni saqlash sohasida 38 foizdan 100 foizga yetkazish vazifasi belgilangan. Bu orqali ko‘plab qishloqlarga internet tarmog‘i yetib boradi.

Shu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ijtimoiy obyektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Bugungi kunda mavjud serverlar to‘lib borayotgani, sohadagi 300 dan ortiq loyihani amalga oshirish uchun 10 baravar ko‘p quvvatli serverlar zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Axborotlarni qayta ishlaydigan markazlarni ko‘paytirish, xorijiy kreditlar jalb etib, loyiha qiymati 30 million dollarlik “data sentr” qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanishicha, axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligi, yerni hisobga olish va monitoring qilishda ham juda qo‘l keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o‘rganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25-30 foizgacha oshirish imkonini beradi.

Mutasaddilarga yer maydoni va suv hisobini yuritishning elektron tizimlarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida ekinlarni joylashtirishdan tortib, sotuvgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda vazirlarning oylik mukofot puli tashkilotda AKTni qo‘llash darajasiga qarab belgilanadi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 28-aprel kuni imzolangan “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020—2021-yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirishni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.

Avvalroq O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekistonda 2020-yilda internet tezligi 10 baravar oshirilishini aytgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida bir oy ichida yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют