» » Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakatda 2 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan

Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakatda 2 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan


Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida 11 656 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda tezkor shtab ma’lumotlarida keltirilgan.

Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 221 344 kishiga yetdi. Rossiya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Italiya va Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, dunyoda kasallar soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi.

Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar asosan Moskva (6169 kishi), Moskva viloyati (1079 kishi), Sankt-Peterburg (307 kishi), Nijegorod (291 kishi), Smolensk (164 kishi), Dog‘istonda (119 kishi) qayd etilgan. Poytaxt Moskva shahrida koronavirus bilan kasallanganlar soni 115 909 kishiga yetgan.

O‘tgan bir sutka ichida 94 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon jami 2009 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan.

Rossiyada hozirga qadar koronavirusga chalingan bemorlarning 39 801 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan (bir sutkada — 5495 kishi). Moskva shahrida esa 4032 kishi sog‘aygan bo‘lib, poytaxtdagi jami davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 17 822 kishiga yetdi.

“Rospotrebnadzor”ning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida mamlakatda koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida 188 mingda test olingan. Rossiyada COVID-19 tarqalishi boshlaganidan buyon olingan testlar soni 5,6 millionga yetdi.

Avvalroq rossiyalik virusolog kunlar isishi bilan COVID-19’ning yana bir to‘lqini kuzatilishini taxmin qilgan edi.

Mavzuga doir: Moskvada 12-maydan sanoat korxonalari faoliyatini qayta boshlaydi. Boshqa cheklovlar o‘z kuchida qoladi

Eslatib o‘tamiz, 6-may holatiga ko‘ra, Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa chiqib olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют