» » O‘zbekiston maktablarida 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston maktablarida 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may, dushanba kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, mamlakatda axborot texnologiyalari sohasida 60 ming kishi mehnat qilmoqda. Bu yetarli emasligi ta’kidlanib, soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga eng avvalo mahalliy texnoparklar rezidentlarini jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kelgusi o‘quv yilida “1 million dasturchi” loyihasiga 47 ming nafar o‘quvchini qamrab olish, sohaga zamin yaratish uchun maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda vazirlarning oylik mukofot puli tashkilotda АКТni qo‘llash darajasiga qarab belgilanadi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 21-noyabrida O‘zbekistonda dasturchilarni bepul tayyorlovchi One Million Uzbek Coders loyihasi ishga tushirilgandi. Loyiha birinchi navbatda mahalliy aholiga, asosan, yoshlarga axborot texnologiyalari mutaxassisliklarida arzon va sifatli ta’lim olish imkoniyatini beradi. Loyiha Birlashgan Arab Amirliklari hukumati, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil yanvar oyida Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida 2020-yil — “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab bergandi. Xususan, Prezident 2019-yilda barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin ikki yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan ta’minlash kerakligini aytib o‘tgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yilda barcha shifoxonalar va bolalar bog‘chalarini optik tolali internetga ulash rejalashtirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют