» » O‘zbekiston Senati koronavirus sababli 2020-yilgi davlat budjetiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston Senati koronavirus sababli 2020-yilgi davlat budjetiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi


O‘zbekiston Senatining 11-may kuni videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi yalpi majlisida senatorlar “‘2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdi hamda uni ma’qulladi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur qonun O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Qonunning qabul qilinishi koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda xarajatlarni optimallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Farmonga muvofiq, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilganligi munosabati bilan respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larning chegaralangan miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritilib, qonunning 5-ilovasi yangi tahrirda berilmoqda.

Bundan tashqari, davlat rahbarining qarorlariga asosan ayrim davlat boshqaruv organlari tuzilmasida ma’muriy o‘zgartirishlar amalga oshirilganligi, shuningdek, yillik budjet to‘g‘risidagi qonun birinchi marta joriy etilishi munosabati bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim holatlardan kelib chiqib, boshqa o‘zgartirishlar ham kiritish zarurati paydo bo‘lgan.

Shuningdek, Prezidentning qaroriga asosan, respublika hamda mahalliy budjetlardan amalga oshiriladigan xarajatlarni qisqartirish yuzasidan tegishli tadbirlar belgilangan va ular ijrosining huquqiy asoslari qabul qilingan qonunda belgilangan. Xususan, respublika budjetidan advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash, fermer xo‘jaliklari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun beriladigan subsidiyalar mahalliy budjetlar orqali moliyalashtirilishi belgilanayotganligi sababli hududiy budjetlarga beriladigan transfertlar ko‘paytirilmoqda.

Qonun bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida davlat budjetining barqarorligini ta’minlash maqsadida budjet xarajatlari optimallashtirilmoqda hamda ustuvor yo‘nalishlarga, ya’ni koronovirus pandemiyasiga qarshi kurashish va uning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga safarbar qilinishi nazarda tutilgan.

Mavzuga doir: Senatorlar O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishini ma’qulladi

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 19-martda “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmonni, 2020-yil 26-martda esa “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorni, 2020-yil 3-aprelda “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmonni, 2020-yil 15-aprelda esa “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorni imzoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют