» » Koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlar dunyoda 1,4 mln kishining sildan vafot etishiga olib kelishi mumkin

Koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlar dunyoda 1,4 mln kishining sildan vafot etishiga olib kelishi mumkin


Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash tufayli butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab sil bilan kasallanganlar tashxissiz va davolashsiz qolmoqda. Bu kelajakda ushbu kasallikdan o‘lim darajasi ortishiga olib kelishi mumkin, deb yozmoqda The Guardian bu borada o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib.

Qayd etilishicha, tadqiqot Stop TB Partnership (“Silni to‘xtating”) xalqaro tashkiloti, London imperial kolleji va Jons Hopkins universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Hujjatda, asosan, sil kasalligi darajasi yuqori bo‘lgan uch mamlakat (Hindiston, Keniya va Ukraina)dan olingan ma’lumotlardan foydalanilgan, keyin butun dunyo misolida qaralgan.

Optimistik ssenariyga ko‘ra, 2025-yilga kelib dunyoda silga chalinganlar soni 1,8 million kishiga oshadi, bemorlarning 342,5 ming nafari vafot etadi. Pessimistik ssenariyga ko‘ra esa besh yildan keyin 6,3 million kishi sil bilan kasallanishi, 1,4 million kishi undan vafot etishi mumkin.

O‘z navbatida Stop TB Partnership’ning ijrochi direktori Lyuchiki Ditiu sil kasalligi ming yillar davomida insoniyat bilan birga bo‘lib kelganini eslatib o‘tdi. “Bizda 100 yildan beri vaksina bor, yana 1-2 vaksina ishlab chiqilmoqda. 2027-yilgacha yarim milliard kishini emlash zarur. Biz esa atigi 120 kunlik bo‘lgan va yuzlab vaksinalar ishlab chiqarilayotgan kasallik (koronavirus — tahririyat izohi)ka hayrat bilan qarayapmiz”, — degan u.

Uning ta’kidlashicha, COVID-19 vaksinasini ishlab chiqishga diqqatini jalb etgan olimlar boshqa kasalliklarni unutib qo‘ymoqda. “Bizda silga qarshi vaksina yo‘q, OIVga qarshi vaksina yo‘q, bezgakka qarshi va boshqa kasalliklarga qarshi vaksina yo‘q. Sil ular orasida eng qadimiysidir”, — deydi u.

The Guardian’ning qayd etishicha, har yili 1,5 million kishi sil kasalligi qurboni bo‘lmoqda. Bu boshqa infeksion kasalliklarga qaraganga eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu kasallikka qarshi kattalar uchun vaksina hozircha yo‘q, faqat bolalar uchun bor.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan, qurbonlar soni 283 ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir: Olimlar Marsdan Yerga tushishi mumkin bo‘lgan viruslardan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют