» » Qashqadaryoda 19 yoshli yigit mast holatda 47 yoshli tanishini urib o‘ldirib qo‘ydi

Qashqadaryoda 19 yoshli yigit mast holatda 47 yoshli tanishini urib o‘ldirib qo‘ydi


Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 6-may kuni 19 yoshli yigit 47 yoshli tanishi bilan spirtli ichimlik ichgan. Ikki tanish mastlikda o‘zaro janjallashgan va janjal ulardan birining o‘limi bilan tugagan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 6-may kuni soat 18:30 da Koson tumanida yashovchi fuqaro, 19 yoshli U.D. Qarshi shahar Yerqo‘rg‘on dehqon bozorida aravakashlik bilan shug‘ullanuvchi tanishi, Qamashi tumanida yashovchi 47 yoshli A.X. bilan Qarshi tumani hududidagi qurilishi tugallanmagan bino oldida spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

Shundan so‘ng, A.X. U.D.ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan. U.D. esa chap mushti bilan A.X.ning jag‘, yuz va bo‘yin sohalariga bir necha marta urib, tan jarohatlari yetkazgan. A.X. og‘ir tan jarohati olishi natijasida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Odam o‘limiga olib kelishiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют