» » Putin ishlanmaydigan kunlar rejimini bekor qildi

Putin ishlanmaydigan kunlar rejimini bekor qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaati vaqtida koronavirus infeksiyasining tarqalishini kamaytirish uchun joriy qilingan ishlanmaydigan kunlar rejimi 12-maydan tugatilishini e’lon qildi. Uning chiqishini “Rossiya 24” kanali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatgan.

Uning aytishicha, 12-maydan boshlab imkon qadar iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, shu jumladan, energetika, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlarini qayta tiklash kerak. Hududiy hokimliklar muayyan vaziyatga qarab cheklovlarni yumshatishi yoki kuchaytirishi mumkin, gubernatorlar esa sanitariya talablariga javob bermaydigan korxonalar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish huquqini saqlab qoladi.

“Ertadan, 12-maydan boshlab butun mamlakat va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun yagona ishlamaydigan davr tugaydi. Ammo epidemiyaga qarshi kurash tugamaydi. Hatto vaziyat nisbatan yaxshi bo‘lgan hududlarda ham uning xavfi saqlanib qoladi”, — degan u.

Putin ishlanmaydigan kunlar umumiy hisobda 6 hafta davom etganini, ushbu favqulodda choralar koronavirus oqibatlariga qarshi kurashga mamlakatning barcha hududlarida yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish imkonini berganini ta’kidlagan. Prezidentning bildirishicha, endi tibbiyot tizimida ortiqcha yuklanish yo‘qligi sababli ishlanmaydigan kunlar rejimini bekor qilish mumkin.

Shuningdek, Rossiya prezidenti 65 yoshgan oshganlar va surunkali kasalliklarga ega kishilar uchun cheklov rejimi saqlanib qolishini ta’kidlab, ular uyda o‘tirish qiyinligini tushunishi, ammo buni o‘zlarining hayoti bilan bog‘liq masala deb hisoblashini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Putin 25-mart kuni televideniyedagi chiqishida COVID-19 tarqalishini nazorat qilish uchun 30-martdan 5-aprelgacha ishlanmaydigan hafta deb e’lon qilgan edi. Mamlakatda faqat hukumat maxsus ro‘yxatiga kiritilgan korxona va muassasalarning ishlashiga ruxsat berilgan, jumladan, aholiga zarur bo‘lgan birlamchi ehtiyoj tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z faoliyatini to‘xtatmagandi. Keyinchalik bu rejim 30-aprelgacha va 11-maygacha uzaytirilgandi.

Ayni paytda Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakatda 2 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Rossiya mehnat vazirligi epidemiyadan keyin mamlakatda ishsizlar soni 6 millionga yetishi mumkinligini taxmin qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют