» » Namanganda yer olib berishni va’da qilib, tadbirkordan 5 ming dollar undirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda yer olib berishni va’da qilib, tadbirkordan 5 ming dollar undirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


Namanganda yakka tartibdagi tadbirkorga yer olib berishni va’da qilib, undan 5 ming dollar undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasiga yakka tartibdagi tadbirkor A.X. murojaat qilib, M.Sh. Namangan shahridagi “Mashad” mavzesidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 0,3 gektar yer maydoni olib berish masalasini hal qilish evaziga undan 5 ming dollar talab qilib, avans tariqasida oldindan 500 dollar berishini so‘rayotganligini bildirgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Tadbirkorning ushbu murojaatida keltirilgan vajlarni tekshirish maqsadida Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Sh. tadbirkor A.X.dan yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yuqoridagi manzildan 0,3 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 300 dollar va 1,9 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют