» » Toshkent viloyatida 7544 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingani ma’lum qilindi

Toshkent viloyatida 7544 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingani ma’lum qilindi


Toshkent viloyati hokimligi 2020-yil 11-may soat 20:00 holatiga ko‘ra, hududda koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Unga ko‘ra, Yuqori Chirchiq karantin poligonida 6384 nafar, “Umid Gulshani” oromgohida 44 nafar, jami 6428 nafar fuqaro statsionar karantinga olingan.

Zangiota tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida 65 nafar, Quyi Chirchiq tumani tug‘ruq kompleksida 33 nafar, Parkent tuman tibbiyot birlashmasida 202 nafar, Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasida 150 nafar, Zangiota tuman tibbiyot birlashmasida 225 nafar, Quyi Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasida 441 nafar, jami 1116 nafar fuqaro karantinga olingan.

Viloyatda jami 7544 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingan. Uy sharoitida 6520 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, bundan xonadonlar soni 1203 ta, oilalar soni esa 1297 tani tashkil etadi.

Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolardan 207 nafarida koronavirus kasalligi tasdiqlangan bo‘lib, 128 nafar fuqaro sog‘ayib, tibbiy reabilitatsiya markazlariga va yashash manzillariga yuborilgan.

Viloyat bo‘yicha 539 nafar shifokor koronavirusni davolash ishlariga safarbar etilgan: 203 nafar terapevt, 122 nafar reanimatolog, 82 nafar infeksionist, 132 nafar epidemiolog. 4246 nafar o‘rta va kichik tibbiy xodimlar ham davolash ishlariga jalb qilingan.

Qayd etilishicha, Yuqori Chirchiq karantin poligonida COVID-19 aniqlangan 4 nafar fuqaro davolash muassasalariga o‘tkazilgan. “G‘isht ko‘prik” chegara postidan o‘tgan 218 nafar fuqarodan 214 nafari Yuqori Chirchiq karantin poligoniga, 3 nafari Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Yuqori Chirchiq hamda O‘rta Chirchiq tumanidan nevropatolog, travmatolog, kardiolog, ginekolog, gastroenterolog Yuqori Chirchiq karantin poligoniga fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborilgan, deyiladi viloyat hokimligi bergan axborotda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilingan tumanlar va shaharlar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratilgan ro‘yxatda Toshkent viloyati “qizil” toifaga, undagi Yangiyo‘l shahri va tumani, Oqqo‘rg‘on, Zangiota hamda Parkent tumanlari ham ushbu rangdagi toifaga ajratilgan. Hududdagi Angren va Chirchiq shaharlari, Bekobod, Qibray, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Chinoz, Yuqori Chirchiq hamda Toshkent tumanlari “sariq”, Olmaliq, Ohangaron, Bekobod, Nurafshon shaharlari, Ohangaron, Bo‘stonliq, Bo‘ka va Piskent tumanlari esa “yashil” toifaga mansub deb belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют