» » O‘zbekistonda karantinning 11-mayda tugagani inkor qilindi

O‘zbekistonda karantinning 11-mayda tugagani inkor qilindi


Sog‘liqni saqlash vazirligi, AOKA, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan Telegram’dagi “Koronavirus Info” kanali Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin cheklovlari 2020-yil 10-mayga qadar amal qilishi belgilangani tufayli ayrim fuqarolarda 11-maydan boshlab karantin tugadi, degan noto‘g‘ri fikrlar paydo bo‘layotgani yuzasidan izoh berdi.

Unga ko‘ra, karantin cheklovlari butunlay bekor qilinmagan. Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-maydagi yig‘ilish bayoniga asosan karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish choralari belgilangan.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi va bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlili asosida hududlar uchta toifaga (“qizil”, “sariq”, “yashil”) ajratildi va har bir toifa uchun alohida cheklovlar belgilandi.

Tahlillar muntazam ravishda amalga oshirib borilib, olingan natijalarga ko‘ra mazkur uch toifaga kiruvchi hududlarning har birida cheklovlar bekor qilib boriladi yoki kuchaytiriladi.

Hududlar 2020-yil 8-maydan boshlab viloyatlar hamda 11-maydan boshlab tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratilib, ushbu toifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirishga ruxsat beriladigan (berilmaydigan) muayyan faoliyat turlari belgilangan.

Ushbu samarali tizim orqali mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotining ma’lum maromda izga tushishi, karantin cheklovlarining oqilona va maqsadga muvofiq tarzda amal qilishi ta’minlanadi. Shuningdek, virus tarqalishi va epidemiyaning jilovlanishi hududlar kesimida samarali monitoring qilib boriladi.

Kanaldagi xabarda O‘zbekistonda karantin davom etayotgani ma’lum qilinib, belgilangan cheklovlarga qat’iy amal qilish lozimligi tushuntirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют