» » Tramp Xitoy AQShdan koronavirus vaksinasi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinayotganini bildirdi

Tramp Xitoy AQShdan koronavirus vaksinasi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinayotganini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning koronavirus haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlash rejasi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda Daily Mail xabar qilgan.

AQSh davlat rahbari Vashingtonning XXRda xakerlar infeksiyaga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha ma’lumotlarni o‘g‘irlashga tayyor turganligini va ularni diqqat bilan kuzatayotgani haqida gapirdi.

“Bu yangilik emas. Ular endi bizga kiberhujum qilib, ma’lumot olishga urinadimi, deya savol berilsa, men takroran bu biz uchun yangilik emasligini, ushbu vaziyat diqqat bilan kuzatilayotganini aytaman”, —degan Tramp.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirus pandemiyasi davrida harbiy qudratini mustahkamlab oldi

Avval Federal qidiruv byurosi va AQSh milliy xavfsizligi departamenti xitoylik xakerlarning amerikalik olimlar COVID-19’ga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha to‘plagan ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinayotgani borasida axborotlar borligi ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir:

Xitoy koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri bir necha marta AQSh hukumati tomonidan keskin tanqid qilindi. Mart oyida Tramp Pekinni COVID-19 tarqalishi haqida butun dunyoni vaqtida xabardor qilmaganlikda ayblagan. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra ayrim mamlakatlarning hukumatlari bu haqda avvalroq boxabar bo‘lganidan vaziyat bu qadar og‘ir bo‘lmasligi mumkin edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют