» » Jasur Yaxshiboyev to‘p tepadigan Belarusda 2 ta o‘yin qoldirildi. Bir necha futbolchi koronavirusga chalinganlikda gumon qilinmoqda

Jasur Yaxshiboyev to‘p tepadigan Belarusda 2 ta o‘yin qoldirildi. Bir necha futbolchi koronavirusga chalinganlikda gumon qilinmoqda


Belarus futbol federatsiyasi ijroqo‘mi mamlakat chempionti 9-turidan o‘rin olgan “Minsk” va “Neman” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni qoldirdi. Bu haqida federatsiya rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Buning sababi “Minsk”ning ayrim futbolchilari (ularning ikki nafarligi aytilmoqda) koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. Futbolchilarning birida alomatlar bor. “Minsk” — “Neman” uchrashuvi 15-may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. O‘yin noma’lum muddatga qoldirilgan.

Shuningdek, mazkur sabab tufayli Belarus birinchi ligasi 5-turi doirasidagi “Arsenal” — GOBJD uchrashuvi ham qoldirilgan. O‘yin 16-may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, Belarus chempionati vakili “Energetik-BGU” jamoasida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi — Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov to‘p tepadi. 8-turdan so‘ng “Energetik-BGU” jamoasi 15 ochko bilan 5-o‘rindan joy olib turibdi.

Ma’lumot uchun, Belarusda 23 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan. 6,5 mingdan ortiq kishi sog‘aygan. 135 kishi esa vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют