» » Olimlar diabetga qarshi vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi

Olimlar diabetga qarshi vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi


Shvetsiya va Finlyandiyadan bir guruh olimlar birinchi turdagi diabet rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan viruslar guruhiga qarshi vaksinani ishlab chiqdi va muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Yangi vaksina enteroviruslar oilasiga kiradigan Koksaki virusining oltita shtammidan himoya qiladi.

Odatda Koksaki virusi qichishish, tana haroratining ko‘tarilishi, diareya bilan kuzatiladi. Ayrim hollarda virus meningit va miokarditni keltirib chiqaradi.

“Ko‘plab ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, Koksaki virusi birinchi turdagi diabetni rivojlantirishi mumkin. Ushbu kasallikda oshqozon osti bezi insulin to‘qimalariga autoimmun hujum kuzatiladi”, — deyiladi xabarda.

Olimlar bir nechta kemiruvchilarda tajribalar o‘tkazdi. Tajribalar vaksina emlangan sichqonlarni birinchi turdagi diabetdan himoya qilganini ko‘rsatdi. Hozirda olimlar guruhi ko‘ngillilar ishtirokida vaksinani insonlarda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Agar vaksina insonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilsa, olimlar kelgusida uni birinchi turdagi diabetga nasliy moyilligi bo‘lgan bolalarga nisbatan qo‘llashni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir: Yaponiyada koronavirusni davolash uchun birinchi preparat tasdiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют