» » “O‘zgidromet” kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirdi


“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 12-14-may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali janubiy hududlar (Eron) ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.

12-14-mayda respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 13-14-may kunlari ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning ba’zi tumanlariga do‘l yog‘ishi mumkin. Shamolning tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda 23-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin.

12-14-may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qilganda ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida yana kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют