» » Toshkentda tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi

Toshkentda tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi


Toshkent shahridagi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi, deb xabar beradi O‘zA.

San’at haftaligi tadbirlarida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan ijodkorlar, musavvirlar, xalq amaliy san’ati ustalari, dizaynerlar, haykaltaroshlarning o‘zaro ijodiy muloqoti uchun qulay sharoit yaratiladi. Ayni paytda festival tadbirlari, turli ko‘rgazmalar, taqdimot marosimlari, ijodiy tanlovlar davomida yangidan-yangi iste’dod sohiblarini aniqlash, ularning ijod namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Festival doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zali, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida ustoz-shogird an’analarining bardavomligi, bahor, bugungi tinch va osoyishta kunlar, xalq kayfiyati, ruhiyati, ezgu orzu-intilishlarini aks ettiruvchi asarlardan iborat qiziqarli badiiy ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi.

Festival kunlari “Eng yaxshi o‘quv muassasasi”, “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng yaxshi tasviriy san’at asari”, “Eng yaxshi amaliy san’at asari”, “Eng yaxshi ko‘rgazma”, “Eng yaxshi mahorat darsi” tanlovlari ham o‘tkaziladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 00:20)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют