» » Qirg‘iziston hukumati Sardobadagi jabrlangan aholiga insonparvarlik yordami yubordi

Qirg‘iziston hukumati Sardobadagi jabrlangan aholiga insonparvarlik yordami yubordi


Qirg‘iziston hukumati Sardobadagi halokat oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Insonparvarlik yordami ortilgan poyezd Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Ibrohim Junusov va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vazirligining vakili kuzatuvi ostida Yangiyer shahrining “Yangi Yangiyer” temiryo‘l stansiyasiga yetib kelgan. U yerda delegatsiyani viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi mas’ullar kutib olgan.

Xabarda aytilishicha, mazkur insonparvarlik yordamida 1000 tonna sement, 100 tonna guruch va 10 tonna o‘simlik yog‘i o‘rin olgan.

Eslatib, o‘tamiz,  AQSh Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun 100 ming dollar ajratmoqda. Gurbanguli Berdimuhamedov ham O‘zbekistonga Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan hududlarni tiklashda zudlik bilan yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Alisher Usmonov esa Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlar uchun 15 million dollar xayriya qildi. Ushbu mablag‘ning 10 million dollari o‘zbekistonliklarga yordam uchun, 5 millioni esa Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaraal tumani aholisi uchun taqdim etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun “Saxovat karvon”lari jo‘natilmoqda. Xususan, Toshkent, Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlaridan toshqindan jabrlangan sardobaliklar uchun insonparvarlik yordami yuborildi.

Avvalroq Sardobadagi falokatda salkam 6 ming turar joyga zarar yetgani, Sirdaryoda suv toshqinidan so‘ng 7,5 mingdan ortiq xonadonning gaz, 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklangani, hududda talafot ko‘rgan aloqa obyektlari qayta ishga tushirilayotgani, toshqinlar oqibatida yo‘qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarilgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют