» » Jeyms Bond rolini o‘ynagan aktyor Aston Martin’ni o‘ziga avtomobil sovg‘a qilishga majburlagani ma’lum bo‘ldi

Jeyms Bond rolini o‘ynagan aktyor Aston Martin’ni o‘ziga avtomobil sovg‘a qilishga majburlagani ma’lum bo‘ldi


2002-yilda katta ekran yuzini ko‘rgan “Halok bo‘l, lekin hozir emas” filmida Jeyms Bond rolini ijro etgan aktyor Pirs Brosnan qanday qilib Aston Martin’ni o‘ziga superkar sovg‘a qilishga ko‘ndirganini so‘zlab berdi, deb xabar qiladi Motor.

Bondiananing 20-qismida Pirs Brosnan to‘rtinchi va oxirgi bor britaniyalik maxfiy josus Jeyms Bond rolini ijro etgan. Aynan ushbu qismda “Agent 007” 1995-yilgi “Oltin ko‘z” filmidan buyon birinchi bor yana Aston Martin ruliga o‘tirgan. “Halok bo‘l, lekin hozir emas” britaniyaliklar uchun V12 Vanquish’ni reklama qilishning ajoyib imkoniyati bo‘lgan, ammo bosh rol qahramoni o‘ziga superkar talab qilishini hech kim hisobga olmagan. Brosnanning ma’lum qilishicha, u rostan ham Aston Martin marketing harakati sifatida o‘ziga avtomobil sovg‘a qilishiga umid bildirgan.

Biroq britaniyaliklar bunday fikrda bo‘lmagan. Aktyor bundan xabar topgach, filmning ekranlarga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ataylab V12 Vanquish’ga yaqinlashmagan. Brosnan o‘zining agenti orqali ham avtomobil ishlab chiqaruvchiga bosim o‘tkazgan va oqibatda britaniyaliklar taslim bo‘lib, aktyorga o‘z ismi tushirilgan tablichkali (ma’lumot yozilgan tunuka) superkarni sovg‘a qilgan. Afsuski, oradan yillar o‘tgach, 2015-yili avtomobil Brosnanning Malibudagi uyi bilan birga yonib ketgan. Undan faqat bir juft tablichka qolgan xolos.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют