» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5279 kishiga, virus qurbonlari esa 32 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5279 kishiga, virus qurbonlari esa 32 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 33 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.

Kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5279 kishiga yetdi, 2108 nafar bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirga qadar 32 bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekistonda 12-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2509 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1988 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют