» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1037 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1037 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1037 kishiga yetdi. Bu haqda respublika COVID-19’ga qarshi kurashish shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“12-may holatiga ko‘ra, respublikada yana 21 kishida COVID-19 aniqlandi”, — deydi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan yangi bemorlarning olti nafari tibbiyot xodimlari. O‘tgan bir sutka ichida 21 kishiga statsionarlardan javob berilgan.

Shunday qilib, Qirg‘iziston bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning jami soni 1037 kishiga yetdi, ularning 241 nafari — tibbiyot xodimlari. Hozirga qadar 12 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, jami 709 kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga qarshi 70 mingdan ortiq test olingan.

Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.

O‘zbekistonda esa 12-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2509 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1988 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют