» » Xitoyda o‘tgan sutka davomida 1 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda o‘tgan sutka davomida 1 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 1 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 15 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Kasallanganlarning 27 nafari sog‘aygan. Vafot etish holati qayd etilmagan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 84 011 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 79 202 nafari sog‘aygan, 4637 nafar bemor vafot etgan.

Shuningdek, yana 15 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda bunday kishilarning yana 750 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda 11-may kuni 17 ta, 10-mayda 14 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 20 ta, 9-mayda 16 ta kasallanish holati aniqlangandi.

Avvalroq Xitoyning barcha hududlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik xavf pasaygani, mamlakatda yuqori yoki o‘rta darajadagi tahdid darajasiga ega joylar qolmagani xabar berilgan edi.

Ayni paytda  dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan, qurbonlar soni 286 ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir:  Xitoyda karantindan keyin kinoteatrlar ochila boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют