» » Toshkent viloyatida bir kunda piyodalar ishtirokida 3 ta YTH sodir bo‘ldi. Piyodalarning ikki nafari vafot etdi

Toshkent viloyatida bir kunda piyodalar ishtirokida 3 ta YTH sodir bo‘ldi. Piyodalarning ikki nafari vafot etdi


Toshkent viloyatida 8-may kuni piyodalar ishtirokida uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ulardan ikkitasi odam o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

8-may kuni soat 17:30 lar atrofida haydovchi 1984-yilda tug‘ilgan S.X. Nexia avtomobilini Olmaliq shahar, Pirimqulov ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtida yo‘lning piyodalar uchun belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda — 1937-yilda tug‘ilgan K.T.ni urib yuborgan. Piyoda tezda shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlarning harakatlari bilan uning hayoti asrab qolindi. YHXBBning yozishicha, 83 yoshli ayol endi uzoq vaqt davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Shu kuni Angren shahrida ham YTH sodir bo‘ldi. 1986-yilda tug‘ilgan I.D. Lacetti avtomobilini shaharning Alisher Navoiy ko‘chasida boshqarib ketayotgan vaqtida piyoda — 1939-yilda tug‘ilgan M.O.ni urib yuborgan. Shifokorlar og‘ir tan jarohatlari olgan piyodaning hayotini saqlab qola olmagan.

8-may kuni soat 23:30 lar atrofida Toshkent tumanining “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida piyoda ishtirokida yana bir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 1992-yilda tug‘ilgan O.S. Cobalt avtomobilini sun’iy yoritilmagan hududda boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda — 1965-yilda tug‘ilgan piyoda K.R.ni urib yuborgan. Piyoda zudlikda shifoxonaga olib borilishiga qaramasdan, olingan tan jarohatlari hayot uchun xavfli bo‘lganligi sabab jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida sodir bo‘layotgan YTHlarning har ikkitadan bittasi piyodalar ishtirokida sodir bo‘layotgani, tungi vaqtda YTHlarning oldini olish uchun piyodalar o‘tish joyini chiroqlar bilan yoritish boshlagani xabar qilingandi.

YHXBB matbuot xizmatining yozishicha, piyoda masalasi, ular tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklar, piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari eng muammoli holatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday hodisalar kunora respublikaning barcha hududlarida, shu jumladan, Toshkent viloyatida ham sodir bo‘lyapti.

“Garchi ularning oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, vaziyat yaxshi tomonga qarab o‘zgarishi juda sekin kechmoqda. Chunki bu harakatlarda qarsak ikki qo‘ldan chiqmayapti. Piyodalar mas’uliyatni his etishmayapti”, — deb yozadi YHXBB matbuot xizmati.

Mavzuga doir: Boysunda bir hafta farqi bilan bir joyda ikkita yuk mashinasi beton to‘siqqa urildi. Har ikkala haydovchi vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют