» » Nirvana guruhining marhum yetakchisiga tegishli gitara 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi

Nirvana guruhining marhum yetakchisiga tegishli gitara 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi


AQShda Nirvana guruhining marhum yetakchisi Kurt Kobeynning gitarasi auksionga qo‘yildi. Martin D-18E gitarasining boshlang‘ich narxi bir million dollarni tashkil etmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Julien’s Auctions Kurt Kobeyn Nyu-Yorkdagi konsertida foydalangan, 1959-yilda ishlab chiqarilgan Martin D-18E gitarasini taqdim etishdan mamnun. Bu bizning auksionimizdagi eng ahamiyatli lotlardan biri hisoblanadi”, — deyiladi auksion uyi saytida.

Auksion 19—20-iyun kunlari Beverli-Hillzda bo‘lib o‘tadi.

Bu Kobeynga tegishli buyumlarning birinchi marta auksionga qo‘yilishi emas. O‘tgan yilning oktabr oyida san’atkorning yashil rangdagi kardigani auksionda 334 ming dollarga sotilgan edi.

Shuningdek, 1993-yilda Kobeyn uchun maxsus ishlab chiqarilgan gitara ham auksionda 340 ming dollarga sotilgan.

1994-yilda 27 yoshli Kobeyn o‘z joniga qasd qilgan.

Mavzuga doir: “Kelajakka qaytib” filmidagi ikki avtomobil auksionda sotiladi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют