» » Olimlar koronavirus qurboniga aylanish ehtimolligini hisoblovchi “o‘lim kalkulyatori”ni yaratdi

Olimlar koronavirus qurboniga aylanish ehtimolligini hisoblovchi “o‘lim kalkulyatori”ni yaratdi


Polshalik olimlar koronavirus bilan kasallanish holatida o‘lim ehtimolligini hisoblovchi kalkulyatorni yaratdi. Bu haqda Boltiqbo‘yi ilmiy-texnologik parki vakili Magdolena Malara-Shvitonskayaga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur “insonning yoshi va jinsini, shuningdek, asosiy to‘rt turdagi surunkali kasalliklarga oid ma’lumotlarni hisobga oladi”.

Kalkulyator tomonidan hisobga olinadigan surunkali kasalliklar — yurak qon-tomir kasalliklari, qon bosimining oshishi, qandli diabet va onkologiya.

“COVID-19 qurboniga aylanish xavfi insonning yashash tarzi va undagi kasalliklar, xususan, semizlik, diabet, gipertoniya va uning asoratlariga bog‘liq. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, surunkali kasallikdan aziyat chekmagan insonlar orasida koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holati bir foizdan kamroqni tashkil etadi”, — deydi kalkulyatorning asosiy dasturchisi, tibbiyot fanlar doktori Pyotr Bandosh.

Kalkulyator testdan o‘tkazilgan vaqtda shuni ko‘rsatdiki, hech qanday surunkali kasallikka ega bo‘lmagan 30 yoshli erkakning koronavirus qurboniga aylanish ehtimolligi 0,03 foizga teng, ayollarda esa ushbu ko‘rsatkich — 0,02 foiz. Qandli diabet va onkologik kasallikdan aziyat chekuvchi 80 yoshli erkakning o‘lim ehtimolligi 25,86 foizni tashkil etgan bo‘lsa, shu yoshdagi ayollarda mazkur ko‘rsatkich — 14,03 foizga teng.

Avvalroq koronavirus yoshlarda og‘ir o‘tayotganining taxminiy sababi ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют