» » Qozog‘istonda Alisher Usmonov ajratgan xayriya pullari toshqindan jabrlangan aholiga tarqatila boshlandi

Qozog‘istonda Alisher Usmonov ajratgan xayriya pullari toshqindan jabrlangan aholiga tarqatila boshlandi


O‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi toshqin oqibatida jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 15 million AQSh dollari miqdorida xayriya mablag‘i ajratgani, ushbu mablag‘ning 10 million dollari o‘zbekistonliklarga yordam uchun, 5 millioni esa Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaraal tumani aholisi uchun taqdim etilgani xabar berilgan edi.

Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimligining xabar berishicha, jabrlangan aholi pul mablag‘lari uchun dastlabki sertifikatlarni olishni boshladi.

Ushbu mablag‘lar toshqindan jabrlangan oilalar boshliqlarining jami 5202 ta hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. Hujjatlar to‘liq shakllantirilgach, har bir oila ularga ajratilgan pulni oladi.

Alisher Usmonov “Turkiston” ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi hisobiga jami 5 million 202 ming dollarni xayriya sifatida o‘tkazib bergan. Bu mablag‘lar 30 420 kishi o‘rtasida taqsimlanadi yoki har bir evakuatsiya qilingan oilaga 442 tenge (1000 dollar) miqdorida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilingan, viloyat hududida 30 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingandi. Qozog‘iston prezideni Qosim-Jo‘mart To‘qayev toshqindan jabr ko‘rgan Maqtaaral tumani aholisi yangi yoki ta’mirlangan uy joy bilan to‘liq ta’minlanishi, ularning har biriga respublika budjetidan 100 ming tenge berilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Abdulla Aripov Qozog‘istonda toshqindan jabrlanganlarga quriladigan uylarga poydevor qo‘yishda ishtirok etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют