» » Saudiya Arabistoni sutkasiga neft qazib olishni yana bir million barrelga qisqartiradigan bo‘ldi

Saudiya Arabistoni sutkasiga neft qazib olishni yana bir million barrelga qisqartiradigan bo‘ldi


Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat kompaniyasi iyun oyida sutkasiga neftni qazib olish hajmini yana million barrelga qisqartiradi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda neft qazib olishning qisqartirilishi OPEK+ bitimi doirasida joriy etilgan cheklovlarga qo‘shimcha bo‘ladi.

Shunday qilib, Saudiya Arabistonida iyun oyida neft qazib olish borasidagi jami qisqarishlar sutkasiga 4,8 million barrelni tashkil etadi. Mamlakat bir sutka davomida 7,5 million barrel neftni qazib olishda davom etadi.

Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi vakilining ta’kidlashicha, shu orqali podshohlik boshqa davlatlar ham OPEK+ bitimi doirasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishini rag‘batlantirishga hamda jahon bozorining barqarorlashuvi uchun qazib olish ishlarini qisqartirishiga umid bildirmoqda.

Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi yangilik fonida Londondagi ICE birjasida Brent markasidagi neftning iyul oyi fyucherslari 1,3 dollarga qimmatlashib, bir barreli uchun 31,3 dollarga yetdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp OPEK+ kelishuviga erishish uchun Saudiya Arabistoniga tahdid qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, OPEK+ neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirish bo‘yicha davlatlar kelishuvi rasman 12-aprelda imzolangandi. Kartel vakillari “qora oltin” ishlab chiqarish hajmini kuniga 9,7 million barrelgacha qisqartirishga rozi bo‘lgan. AQSh, Braziliya va Kanada neft ishlab chiqarishni qo‘shimchasiga yana 3,7 million barrelga qisqartiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют