» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2 ming nafardan oshdi


Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan yana 14 nafar bemor tuzalib, 12-may kuni reabilitatsiyaga kuzatildi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning umumiy soni 2010 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Surxondaryo viloyatida yana 2 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Andijon viloyatidan. Ulardan 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Rossiyadan, yana 1 nafari Tojikistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, ular klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng kattasi 72 yoshda bo‘lsa, eng kishigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ularning 1 nafari Rossiyadan, 3 nafari Qozog‘istondan, yana 1 nafari esa BAAdan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Tuzalganlar orasida Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan fuqaro bor. Oltinchi bemor esa Tojikiston fuqarosi hisoblanadi. Ular orasida eng kattasi 47 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 26 yoshda. Toshkent shahrida shu paytga qadar COVID-19 kasalligidan sog‘ayganlar soni 628 nafarga yetdi.

Surxondaryo viloyatida tuzalgan bemorlarning ikklasi ham ushbu viloyatdan. Ularning biri — 49 yoshli erkak Jarqo‘rg‘on tumanidan, ikkinchisi — 33 yoshli erkak esa Angor tumanidan. Mazkur fuqarolar koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Shu tariqa, Surxondaryo viloyatda shu paytga qadar koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 40 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 12-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 10 kishiga ko‘payib, 2519 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 10 kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют