» » Video: Qashqadaryoda sevgan qizi bilan janjallashib qolgan yigit o‘zini avtomobil ostiga tashladi

Video: Qashqadaryoda sevgan qizi bilan janjallashib qolgan yigit o‘zini avtomobil ostiga tashladi


Qashqadaryoda unashtirilgan qizi bilan janjallashib qolgan yigit o‘zini avtomobil ostiga tashlab, omon qoldi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi tomonidan ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, unashtirilgan qizi bilan janjallashib qolgan yigit qizga boshqasini desa o‘z joniga qasd qilishini aytadi. Keyin esa gapining isboti sifatida katta yo‘lning o‘rtasiga chiqib oladi. Yigitning xatti-harakati atrofdagilarning e’tiboriga tushgan va holat telefon orqali suratga olingan.

“Meni kutib turdida, taxminan 2-3 metr qolganda o‘zini mashinaga otdi”, — deydi yigitni urib yuborgan mashina haydovchisi. Haydovchining ta’kidlashicha, yigit sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng o‘zi bilmagan holda bu ishni qilganini aytgan.

Sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida yigit omon qolgan. U mazkur holatga hech qanday izoh berishni istamagan.

Hozirda holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют