» » Asosiy masala Sardoba, ammo yulduzlar haqida gapiramiz. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qaysi mavzularni muhokama qilmoqda?

Asosiy masala Sardoba, ammo yulduzlar haqida gapiramiz. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qaysi mavzularni muhokama qilmoqda?


Bu hafta ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari eng kop nimalarni muhokama qildi? Blogerlar qaysi mavzular haqida postlar yozdi?Daryo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muhokamalariga qiziqib kordi.

Hafta mavzularidan biri Ozbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning IIB xodimlarini haqorat qilishi va buning ortidan kelib chiqqan mojarolar boldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu mavzuda nimalar dedi?

Koplab obunachilarimiz Yulduz Usmonovaning ichki ishlar tizimini ochiqcha haqorat qilgani haqida munosabat soramoqda.

Shaxsiy fikrimga kelsak, ozim ham ichki ishlar organlarining ayrim xodimlarini hech qachon tanqid qilmaganman deya olmayman. Ular tomonidan jurnalistlarga bosim bolganida kopincha jim turolmayman. Biroq Yulduz Usmonova ochiqcha va qopol haqoratlari uchun javob berishi zarur. Agar shunga oxshash gapni biror jurnalist yo bloger aytganida, hozir 15 sutka jazosini olgan bolar edi. Usmonovaning jazosizligi esa tizimni battar obrosizlantiradi va qonunlarning hammaga barobar emasligini isbotlaydi.

Usmonova charchagan. Xayriyani bunday minnat qilganidan kora qilmagani afzal edi. Umuman Usmonova xonimning ruhiy holatini bosh miyaning kognitiv buzilishi deya baholagan bolar edim. Yana psixologlar bilguvchiroqdir. Odam qarisa, chiroyli qarisa-da. Qisqacha fikrim shunday. Fikrimni sorashmaganida umuman bu bolmagur mavzu haqida gapirmagan bolardim. U xotinga ortiqcha etibor qaratilishi tarafdori emasman.

Nozim Safari

Kecha Fanlar akademiyasi tarkibidagi institutlar, strukturalar va Prezident maktabi administratsiyasi xayriya tadbirini otkazdi. Bir kun ichida olimlar, tadqiqotchilar va FA xodimlari tomonidan 109 million som (haligi artistdan kora koproq) va 4 ta mashina gumanitar yuk yigib, Sirdaryoga jonatildi. Xayriya davomida birorta IIV va YXI xodimlari sokilmadi. Hammasi tashkiliy jihatdan FA xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Jonli efir va boshqa pafosga berilmaganimiz uchun Fanlar akademiyasining barcha muxlislaridan uzr sorab qolamiz. Bu kabi holatlar Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa davlat tashkilotlarining ishchi xodimlari tomonidan ham amalga oshirildi. Xullas, xayriyaning kuni artistga qolmasin ekan.

Rustam Ashurov

Yulduz Usmonovani javobgarlikka tortish kerakmi?

Fuqarolik mutaxassisligimga kora jurnalistman. Ammo qariyb 15 yildan beri huquq himoyachiligi faoliyati bilan shugullanaman. Takidlashim kerak, men rahbarlik qiladigan inson huquqlari tashkiloti yaqin otmishda militsiyadagi koplab korrupsiya va qonunbuzarliklar faktlarini fosh qilib, katta-katta zobitlarning javobgarlikka tortilishiga sabab bolgan.

Masalan, 2009-yilda opa-singil Soatovalarning tergov izolyatorida zorlanishi, bu voqeadan song qizlarning otasi insultdan olishi fojiasi, hatto BMTga qadar chiqqan, tashkilotning Qiynoqlar boyicha maxsus maruzachisi Manfred Novak ishni taftish qilishni sorab, Karimovga murojaat qilgan. Internetning Google tarmogi orqali opa-singil Soatovalar kalit sozi yozilsa, bu ishning qanchalik shov-shuv bolgani korinadi.

Oshanda tergov izolyatoridagi jinsiy zoravonlik boyicha prokuratura tomonidan jinoyat ishi qozgatilgan, hatto tergovchi Azizxon Umarxonov hamda JQBning bir qancha mulozimlaridan DNK analizlari olingan. Osha Azizxon Umarxonov bugungi kunda shahar militsiyasining rahbarlaridan biri yol harakati inspektorlariga koronavirus karantini davrida rezultat qilish boyicha topshiriq bergani bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yaxshi tanish odam.

Osha paytda Qashqadaryo militsiyasining jinoyat qidiruv bolimi sobiq boshligi, polkovnik Anvar Ziyodov ham qiynoqlar fakti boyicha tizimdan chetlatilgani aytilgandi. Ammo oradan kop otmay bu odamning Chiroqchiga uchastkavoy qilib jonatilgani va bu yerda Alimardon Berdiqulovni urib, oldirib qoygani fosh boldi. Yani tizim, uning mulozimlari mudom jazolanmasligi haqida gapirganda biz kabi oddiy odamning oyogi qaltirab ketadi.

Koplab tanishlarim xonanda Yulduz Usmonovaning melisalar bilan bogliq ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishi va uning javobgarligi masalasiga munosabatimni soradi. Ham qorqib, ham Iymonsizning jazosini dinsiz bersin qabilida indamay yurgandim, bolmadi, gapirishga togri kelyapti.

Xonandamiz roza holiga kuni boyi sardobaliklarga xayriya yiggan. Uni egalariga yetkazish borasida ortiqcha jonbozlik qilib, melisalardan ranjigan va nimalardir deb yuborgan. Deputatimiz Obidjon Latipov aytganidek, xonandaning chiqishidan muayyan bir jismoniy shaxs (!) na manaviy, na moddiy zarar kormagan. Yani xonandaga nisbatan konkret davogar yoq: u hech kimning ismi-sharifi, nomini tilga olgani yoq. Xonanda bu borada dili ogrigan tizim mutasaddilaridan kechirim sorashga ham ulgurdi. Menimcha, yuzaga kelgan huquqiy mojaroning hal qiluvchi nuqtasi ham mana shu yerda.

Eslaylik, Prezidentimiz 2-3 yil avval oz chiqishlarida hali sud hukmi bilan aybi isbotlanmagan moliyachilar, prokuratura va soliq idoralarining ayrimlarini kalamushlar degandi. Tanqiddan song sudlar boldi, kalamushlar uzoq yillik qamoq jazolariga tortildi, prezidentning haqorati qonunlashtirildi.

Hozirgi holat ham xuddi shunday. Qonunda ikki xil standart bolishi mumkin emas: tizim, uning murvatlari haqida gapirish soz erkinligi, jamiyat rivojining muhim omillaridan biri. Qolaversa, xonanda qaysi vaziyatda gapirgani ham muhim. Ammo tizim vakillarining koronavirus karantinidagi xizmatlaridan tolqinlanib, jamoat vakiliga ommaviy bosimlar uyushtirishi, sudgacha sudrashi xavfli tendensiyadir. U mamlakatimizda endi-endi tetapoya qilayotgan soz erkinligiga qaqshatqich zarba hisoblanadi.

Mazkur yozuvga ilova qilayotgan suratga etibor bering. Ichki ishlar vazirligi mulozimi xonandaning ruhiy soglomligiga shubhasi katta tirajda mamlakat boylab tarqalmoqda. Endi oylab koraylik, nega xonandaning ogziga kuchi yetmasligi sudgacha boradi-yu, tizim vakillarining talaffuzi soz erkinligi deb baholanadi?

Gap mana shu yerda. Agar tizimga nisbatan tanqidlar oz vaqtida togri qabul qilinganida, melisaga nisbatan ijtimoiy fikrdan xulosa chiqarilganida yozuvlarimning 2, 3, 4-abzaslarini hozir oqimagan bolardingiz...

Abdurahmon Tashanov

Siz nimani buyurtma qilsangiz, shuni eltib berishadi

Bir artist hissiyot bilan ogziga kelganini gapirdi. Uning gaplaridan biron kishi na moddiy, na jismoniy zarar kormadi. Lekin minglab insonlar uni jazolashni talab qilyapti.

Suv ombori qulashidan esa on minglab odam boshpanasiz qoldi, insonlar hayoti xavf ostida, hatto vafot etganlar bor. Lekin aybdorlarni jazolashni talab etayotganlar barmoq bilan sanarli.

Biz ozimiz artistlarga oralashib qolgan jamiyatmiz. Shunchalar maydalashib ketganmizki, hayotimiz bilan bogliq yirik narsalarni ham korolmaydigan bolib qolganmiz.

Artistning jazolanishidan jamiyat deyarli hech narsa yutmaydi, ammo fojialarga sabab bolayotgan amaldorlarning jazolanmasligidan jamiyat juda katta narsa yutqazadi. Bizga nima muhimligini anglab olishimiz zarur. Zero, nimani buyurtma qilsak, oshanga erishamiz.

Obidjon Latipov, deputat

Yulduz Usmonova qahramonlarcha xayriya yigib, buni qoshimcha piarlar qilib yurgan paytdaIIB xodimlari pandemiya boshlanganidan beri uyini korgani yoq. Tan olish kerak, guppa qor yogsa ham turishdi shu yigitlar miq etmasdan sizu bizning, oilamizning tinchligi va sogligi uchun. Kocha tilida aytadigan bolsak , turib berishdi.

Xalq manfaati deb gapirib, militsiyani yomonlasam, yeb ketaveradi deb oylagan korinadi opa. Bir-ikkita insonni deb butun tizimga loy chaplash faqat angajirovanniy odamlarning ishi.

1-may ushbu falokat kelgan paytda siz-u biz uyimizda uxlab yotganimizda tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiya serjanti Suyarov Husniddin Zokirovich ushbu ofatga qarshi kurashish jarayonida halok boldi. Bu haqiqiy qahramonlik boladi. Sening oldingda bunday vaziyatda boshqa tanlov yoq, sening burching va vazifang mana shu. Taksistni vazifasi kliyentni yetkazib qoyish, oshpazni vazifasi shirin ovqat qilib berish bolsa, bularning vazifasi oz jonini xatarga qoyib bolsa-da, insonlarni qutqarish edi.

Bu mard yigitning oila azolariga oz hamdardligimni bildirib qolaman.

Nurbek Alimov

IIV Yulduz Usmonova ishtirokidagi videotasvir yuzasidan munosabat bildiribdi. Unda, jumladan, shunday deyilgan: Toshkent shahar IIBB tomonidan madaniyat xodimi nomiga dog tushirgan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan, ichki ishlar organlari xodimlari shani va qadr-qimmatini kamsitishga harakat qilgan fuqaro Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Qolaversa, IIV bir paytlar divanniy kritiklar deb atagan blogerlar hamda ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilariga ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatlariga adolat nazari bilan qaragani uchun minnatdorlik bildirib otgan. Ehtimol, ichki ishlardagi dostlarimiz divanniy kritiklar aslida har doim holatga xolisona baho berishlarini hamda kim togri yolda bolsa, u kim bolishidan qati nazar, oshaning tarafini olishlarini tushunib yetishgandir. Shunga umid bildirib qolamiz.

Darvoqe, IIV oz bayonotida yaqin orada ushbu holatga oydinlik kiritilib, aybdorlarga qonuniy tartibda chora belgilanishini qoshimcha qilgan. Ha, juda qiziq. Holatga huquqiy baho berish uchun ularda barcha kerakli videotasvirlar mavjud bundan chiqdiki, isbotlar ham yetarlicha, guvohlar esa undan-da kop. Adashmasam, IIV, odatda, bir kun ichida holatni organib, ozining tegishli xulosasini bayon qilardi. Hozir kimni yoki nimani kutishyapti ekan, hayronman...

Iye, uzr, chalgib ketdim, yana kritikligim tutib qoldi, chogi. Etibor bermanglar.

Temur Malik

Twitter va Facebookda Usmonova haqida nima gaplar?

, ??)

Nozim Safari (@NozimjonSafarov) May 5, 2020

, !!!

Akmal (@A_Valiev77777) May 6, 2020

? ? ? .

(@ilm_u_tolib) May 6, 2020

. . . . .

mamurjon (@mamriniio) May 7, 2020

Navbatdagi post muallifi Sardoba masalasi qolib, hammaning etibori Yulduz Usmonovaga qaratilganligini tanqid ostiga oladi.

Siz-chi, siz ham Yulduz UsmonovaIIB mojarosiga fikr bildirishda faolmisiz?

Deputat Rasul Kusherbayev ham oz shaxsiy Telegram kanalida bu holatni kechirib bolmas deb atadi.

. ? , ? ? .
, , , . )

| ????? (@tolipov_o) May 7, 2020

, ?? .
15 ? . , 1 ?? ??, .

, !

?! ???? (@JasurNormetov) May 5, 2020

? ?? . ?

Bemalolxo'ja (@xotirijam) May 7, 2020

Yulduz Usmonova mavzusi bilan band ozbek segmenti Galaba bogi haqidagi yangiliklarni kozdan qochirmoqda.

Sardobadagi halokatli holat hali ham kun mavzusi bolib turibdi. Bu haqida hali ham yozishmoqda va qaygurishmoqda. Koplab blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Sardoba fojiasi tufayli zarar korgan qozoq xalqidan uzr sorab chiqdi.

Sardoba voqeasida meni eng hayron qoldirgan jihatlardan biri bizning rasmiylarimiz suv Qozogistonga otmaydi deb Qozogiston rasmiylarini ishontirgani. Ikki mamlakat ortasidagi munosabatlarning songgi yillardagi dinamikasi ozaro ishonchni juda yuqori darajaga chiqarib qoygani uchun qozogistonliklarni ishonuvchanlikda ayblab bolmaydi aslo.

Lekin bizning rasmiylarimiz aniq hisob-kitobi bolmay, nega ishontiradi? Oz hududingda hali nima bolganini bilmaysan, sizlar tomonga bir tomchi suv ham otmaydi, deb nega ular uchun javob berasan? Qozogiston tomoni kechagi kundan beri hukumatimizning bir bolagi hisoblangan Suv xojaligi vazirligini barmoq bilan korsatyapti biror javob berilmaydimi?

Muhrim

Kecha Qozogiston parlamenti Majlisi deputati hamkasbim Faxriddin Qoratoyev telefon orqali boglanib, Ozbekistonda roy bergan songgi vaqtlardagi talafotlarda hammamizga tinchlik, omonlik tiladi.

Suhbat davomida Faxriddin aka internet tarmoqlarida ayrimlar ozbek-qozoq dostligi, ozaro ishonchni susaytirishga urinib, yolgon lavhalar tarqatayotganidan dili xira ekanini bildirdi. Dostlikka putur yetkazish provokatsiyasini u kishining qolgan hamkasblari ham qoralayapti ekan.

Albatta, men ham kopmillatli Ozbekiston farzandi sifatida qardosh va qarindosh bolgan Ozbekiston va Qozogiston xalqlari ortasidagi dostlik, ozaro ishonch bardavom bolishini istayman. Chunki biz bir ariqdan suv ichib, bir dasturxon atrofida otiramiz, non-tuz yeymiz, toyimiz ham, azamiz ham bir.

Togrisi, Sardobadagi holat hammamiz uchun yana bir sinov davri boldi. Nega, qanday qilib, kim aybdor?.. Xullas, savollar kop. Biroq shaxsan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev har bir jarayonni nazorat qilib bormoqda va albatta, talafot sababiga huquqiy baho beriladi.

Ammo bizdagi ishonch, dostlik va qardoshlik rishtalariga baho berib bolmaydi. Chunki uning bahosi tengsiz. Men bunga ota-bobolarim, oilam, ozim va unib osayotgan farzandlarim misolida kop guvoh bolganman: ozbek-qozoq et bilan tirnoq. Bizning eng katta boyligimiz ham shu.

Ishonchim komil, xalqlarimiz ortasida hech qachon tushunmovchilik bolmaydi va bugun biz barchamiz ota-bolarimizdan meros ozaro ishonchni saqlab, kelajakka qoldirishga qodir avlodmiz.

Bir-birimizga yelkadosh bolib, dostligimizni asraylik!

#ozbekqozoqetbilantirnoq

Rasul Kusherbayev

Men endi yangi binolarga kirishga qorqaman.

Davlat ahamiyatidagi inshootlarning loyiha korinishidan tortib, kalit topshirishgacha bolgan barcha bosqichlarida qatnashgan korxonalar, pudratchi-yu sub pudratchilar, ularga ajratilgan budjet/investitsiya mablaglari haqida ochiq va oydin onlayn platforma bolishi shart.

Kop qavatli uymi, maktabmi u, bogchami, teatrmi yoki suv ombori loyiha qiymati qancha bolishidan qati nazar sotsial ahamiyatga ega binolarning qurilish va ekspluatatsiya jarayonidan aholi xabardor bolishi shart.

Xalq ozining berayotgan pullari kim tomonidan, nima uchun va qanday sarflanayotganini bilishi shart.

Ikki oyga qolmay trubasi yorilib ketganida maktab direktori bolalardan pul yigib yamatmasligi uchun, ne hasratda butun umriga tatigulik kreditga uy olgan yosh oila qoq darz ketgan devorga qarab, kimni qargab, kimni sudga berishni bilishi shart.

Gospriyomlar binodan foydalanishga ruxsat berish uchun davlat tomonidan otkaziladigan ekspertizalar haqida hisobotlar ochiq resurslarda bolishi shart. Unga kim imzo chekkanini xalq bilishi shart.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi degan ajoyib bir tashkilot ozini koproq piar qilib, nafaqat qurilish, umuman, davlat ulushi bolgan barcha tashkilotlarga yuklatilgan loyihalar qanday bajarilayotgani haqidagi hisobotlarni, tenderlarni jamoatchilikka ochiq korsatib borishi shart.

Oyin qoidalari aniq, ishtirokchilar malum, nazorat shaffof bolsa, hozirga oxshab kimning ogli kim ekanini qidirib, gugl titkilab otirmaymiz, hujjatlarning asl nusxasiga yetolmay, saytlardagi uzuq-yuluq faktlarni tusmol bilan boglab yurmaymiz, korrupsiya bizni yeb bitirishi va mulkimiz, uyimiz, hayotimiz suvga chokishini kutib otirmaymiz.

Darvoqe, chokishimiz uchun suv ombori oldida yashashimiz shart emas, bugungi qurilish ssenariylari istalgan joyda bizni tutib olishi mumkin.

Aziza Qurbonova

Sardoba falokati doirasida hozircha jinoyat kodeksining mansabga sovuqqonlik bilan qarash va tog-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish moddalari bilan ish ochildi. Tergov DXXga topshirildi. Jinoyat protsessual kodeksiga kora, tergovni ichki ishlar va prokuratura olib borishi kerak edi.

Jinoyat ishi kop mehnat talab etsa, juda murakkab yoki ota dolzarb bolsa, prokuror yoki tergov bolinmasining boshligi shu ish boyicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Suv ombori muhim obyektligi va yuqoridagilarni hisobga olib, ish aynan DXXga topshirildi. DXXni hammamiz bilamiz. MXXning hujjatlar boyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. MXXning bir vaqtlar barcha joyda odami bolgan. Ularda yillar davomida malumotlar bazasi shakllantirilgan. Hozirda ishning tagiga yetish DXX tergoviga bogliq bolib qolmoqda. Bunda bazasidan toliq foydalanadi degan umiddamiz.

Vaziyat juda ham jiddiy. Qoshni Qozogiston aholisi va davlati ham zarar kordi. BBC (Ozbek)ga kora, Qozogistonning Turkiston viloyati hokimi orinbosari Saken Kalkamanov Ozbekiston tomoni toshqinning Qozogistonga otmasligiga ishontirganini aytib, ayblab chiqdi. Bugun Gazeta.uz loyihaga 1,3 trillion som yoki 404 million dollar sarflanganini aytdi. Ajab emas, shu ishning orqasidan katta sxemalar ham kelib chiqsa. Gap 404 million dollar ustida ketyapti. Lekin bu Ozbekiston. Qonun ishlashidan boshqa yana har nima kutish mumkin. Hozircha kutgan maqul. Vadalardan charchaganmiz.

Ozbekiston soz erkinligi eng yuqori orinlarga chiqquncha, Abdulla Oripov sherlaridagi jumlani vaqtincha ornini alishtirib turaman, ozim uchun:

Ozbekiston vatanim manim, faqat ojiz qalamim manim...

Zafarbek Solijonov

Normal jamiyatda biror kutilmagan hodisa yuzasidan turli asoslanmagan axborot tarqab ketmasligi uchun matbuot anjumani yo brifing tashkil etiladi. Sardoba suv ombori yuzasidan rasman tarqatilgan xabar ayni paytgacha bir tomonlama bolib, xalqning kop savoli hamon ochiq qolmoqda.

Menimcha, davlat rahbarining joylarda aholi bilan uchrashib, videoselektorda quyi rahbarlarga topshiriq berib bildirgan mulohazalari matbuot anjumani ornida qabul qilinmaydi. Hukumat erkin fuqarolik jamiyatini qurish yolidan boryaptimi, demak, matbuot anjumani otkazib, jamoatchilikni oylantirgan masalalar yuzasidan jurnalistlar orqali javob beradi.

Alisher Rozioxunov

Kopchilik bizda songgi kunlarda bolayotgan voqealarga asosan balo-qazo sifatida urgu bermoqda. Aslida, bu mening nazarimda,korrupsiyaga botgan qurilish tizimining aks-sadosi, davay-davay, Navroz yaqin shiori ostida faoliyat yurituvchi bayramizm yashirgan kasallikni oshkor qiluvchi isitmadir.

Nima uchun qaysidir korrupsioner yangi mashina olishi uchun Gishmatning begona yurtlarda gasterlik qilib pul topib, zorga qurgan uyi yuvilib ketishi kerak?

Ozbekistonda ob-havo sharoitlari va iqlim avval boshqachamidi yoki? Bugungi damba masalasi boyicha ham aybdorlar bolishi kerak, albatta. Bunday strategik ahamiyatga ega bolgan inshootlardan ham pul yeb yuborish, mening nazarimda, pastkashlikning eng songgi bosqichi, undan keyin levelyoq boshqa.

Pandemiya davri bolsa-da, Prezident har bir joyga ozi tashrif buyurib, odamlar ortasida vahima kelib chiqmasligining oldini olmoqda, ularga yordam berilishini aytmoqda. Shu bilan birga, ushbu qurilishlardagi masullar surishtiruvsiz, aybi bolsa, jazosiz qolmasligiga umid qilamiz.

Nurbek Alimov

, ?? ? ? . ?, ? , ? . ? , ? ? . ? ? ?? ? ? ? ????

(@FeruzaIzzat) May 6, 2020

Togonning buzilish sabablarini organish uchun xorijiy ekspertlar jalb qilinishi haqida xabar berildi. Navbatdagi post shu haqda.

Gap Rogun GESi haqida ketayotganini sezib turgan bolsangiz kerak.

? . ? . ? ? . ? ? ? ? ? ??

Shodiyor (@xabarchi) May 6, 2020

Bu mem kun memi degan etirofga loyiq bolsa kerak.

? ... ???? pic.twitter.com/Ej2qrK82d9

? () (@fayzboguztm) May 7, 2020

Sardobada jabr korganlar uchun xayriya maqsadida oqituvchilardan pul yigib olinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

? ?? ?

Nozim Safari (@NozimjonSafarov) May 7, 2020

? ? ? . , ? .
? , ? ??

bakiroo (@the_bakiroo) May 6, 2020

Siz-chi?

? ?

Alimoff (@Iplosello) May 6, 2020

? ? ? ?

Nozim Safari (@NozimjonSafarov) May 7, 2020

Ijtimoiy tarmoqlarda xayriya tadbirlarida ishtirok etgan boshlovchi Davron Kabulov va xonanda Yulduz Turdiyevaning fotosuratlari tarqaldi va turli muhokamalarga sabab boldi.

, , , , ???????????? !

Akmal (@A_Valiev77777) May 6, 2020

?? ? ?

(@OlimTolipov) May 6, 2020

? @davronkabulov ? ? ? . ? ? ?. , ? ?.

Nozim Safari (@NozimjonSafarov) May 6, 2020

?, ? ?

Bemalolxo'ja (@xotirijam) May 7, 2020

pic.twitter.com/RPsSD2wi8U

davletovuz (@davletovuz) May 6, 2020

! !!! , ?, ?, ! " " ?! ? !!!

Barnogul (@Barnogul2) May 7, 2020

Kulganniyam ko'rolmaymiz, gapirganniyam. O'zini huquqi kulish. Lekin o'sha odamlarni holiga kulmagandir. Alloh yo'lida ko'ngli xotirjam bo'lib kulgandir. Keyin o'zi hammada refleks bo'ladi-yu, ayniqsa, ko'p rasm tushganlarda, kamerani ko'rsa, avtomatik ravishda kuladi.

Mukhlis (@mukhlis_shams) May 6, 2020

? ?. ? .

(@FeruzaIzzat) May 6, 2020

1197 .

- (@name__me) May 6, 2020

Sardoba suv ombori qurilishi uchun sarflangan mablag miqdori ham kopchilikka ilhom bagishlabdi, deya olamiz.

404 Not Found.

$404 . .

Tolipov (@OrifTolipov) May 5, 2020

Sardoba voqeasi boyicha hukumat tarkibiga Ozbekgidroenergo AJ raisi Abdugani Sanginovning ham kiritilishi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boldi.

?. ? ? ? ? ? . ? . . ? ...

Eshonbova (@eshonbova) May 7, 2020

? , 10 , , ?, ?

davletovuz (@davletovuz) May 7, 2020

Sardoba halokati oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida ozbekistonlik milliarder Alisher Usmonov xayriya qilgan pullar haqida nima deyishmoqda?

Alisher Usmonovning xayriyasiga reaksiya (Facebookdan):

Shu pulni shundoqligicha jabr korgan aholiga teng bolib berishsa-da.

Ammo bular nima deydi: Kelib tushgan xayriya pullari olib borilayotgan qurilish-muhandislik ishlarini muvofiqlashtirish komissiyasi tasarrufidagi infratuzilma obyektlari qurilish-montaj ishlarida zarur texnika va asbob-uskunalar uchun sarflanishi va uning negizida aholiga qoshimcha imkoniyatlar yaratilishi kozda tutilmoqda. (birov tushunmaydi nima deyayotganini)

I uje pul yoq.

Film tugadi.

Bobur Akmalov

? ? ? .

sarvarkarimov (@sarvarkarimovic) May 7, 2020

Karantin choralarini yengillashtirish chora-tadbirlari doirasida barcha hududlar qizil, sariq yoki yashil tarzda toifalandi. Keling, shu haqidagi muhokamalarni ham korib chiqamiz.

? ? ?

Nozim Safari (@NozimjonSafarov) May 7, 2020

? ?. ? .

Nurmanova Madina (@Nurmanova1) May 7, 2020

? ?

(@_mavlonov) May 6, 2020

?? ? ??

(@KamaNoir) May 6, 2020

"" ?, ",

? ? -?! ? " " ? ? ?!

Eshonbova (@eshonbova) May 7, 2020



Manba: Daryo.uz
: admin (12-05-2020, 18:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
:
-
:
20 ... -