» » Tesla Model 3’ning ruli harakat vaqtida uzilib tushdi

Tesla Model 3’ning ruli harakat vaqtida uzilib tushdi


Deyarli yangi Tesla Model 3 elektromobilining ruli harakat vaqtida uzilib tushdi. Avtomobil egasining so‘zlariga ko‘ra, u mashinani bir oy oldin rasmiy dilerdan sotib olgan, deb xabar beradi Motor.

Tesla avtomobili egalari bunga qadar lak-kraskali qoplamadagi muammolar va kuzov detallari orasidagi tirqishlarga oid nuqsonlar haqida ma’lum qilgan, biroq rulning harakat vaqtida uzilib tushishi birinchi bor sodir bo‘lmoqda. Nuqsonli Tesla Model 3’ning britaniyalik egasini so‘zlariga ko‘ra, u o‘z elektromobilini bir oy oldin rasmiy dilerdan xarid qilgan.

Ta’kidlanishicha, muammolar hatto xarid qilish bosqichida boshlangan: erkak avtomobilni o‘tgan yilning oktabrida olishi kerak bo‘lgan, biroq yetkazib berish mart oyiga qadar cho‘zilgan. Bu vaqt orasida deyarli barcha davlatlarda karantin joriy etilgani sabab, u o‘z avtomobilini yaxshiroq haydab ko‘rishga ham ulgurmagan.

Mashina egasining qayd etishicha, u anchadan buyon Tesla’ning ishqibozi bo‘lib, shu markadagi elektromobil sotib olishni sakkiz yil oldin orzu qilgan. Natijada u yangi mashinasida 550 kilometr masofa bosishga muvaffaq bo‘lgan. Rul bilan bog‘liq muammo sodir bo‘lgan kun u 30 kilometrgina yurgan. Rul mashina deyarli to‘xtaganida uzilib tushgani sabab, mashinaga shikast yetmagan.

Tesla zudlik bilan mazkur vaziyat bo‘yicha harakat qilgan. Avtomobil servisga olib ketilgan va ertasi kuni ta’mirlangan holda qaytarilgan. Hozirda kompaniya muammoga nima sabab bo‘lganini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

Avvalroq Tesla Model 3 avtopilotda ketayotib to‘qnashuvdan qochishga urinmagani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют