» » Uxanda koronavirusni aniqlash uchun ommaviy test o‘tkaziladigan bo‘ldi

Uxanda koronavirusni aniqlash uchun ommaviy test o‘tkaziladigan bo‘ldi


Uxanda yangi kasallanish holatlari qayd etilgani sababli barcha aholi va migrantlarda koronavirusni aniqlash uchun ommaviy test o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Pengpai News’ga tayanib “RBK” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Uxanda test 10 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Asosiy e’tibor zich joylashgan hududlarga qaratiladi.

Uxanda 26-aprel kuni shaharda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmagani ma’lum qilingandi. Biroq 10-may kuni 1 kishida koronavirus qayd etildi. 11-mayda esa 5 kishida koronavirus aniqlandi. Shunday qilib, ayni paytda 6 kishi koronavirusga chalindi. Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri og‘ir ahvolda, ikkinchisi esa o‘lim yoqasida turgani aytilgan.

Bundan tashqari, provinsiyada kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan 11 kishi aniqlangan. Umumiy hisobda bunday kishilar 615 nafar bo‘lib, ular tibbiy nazoratda bo‘lib turibdi.

Xitoyda umumiy hisobda Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 84 011 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 79 202 nafari sog‘aygan, 4637 nafar bemor vafot etgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha 11-o‘rinda turibdi.

Mavzuga doir: Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют