» » Apple’ning AirPods’lari qanday qilib dunyodagi eng mashhur simsiz naushnikka aylandi?

Apple’ning AirPods’lari qanday qilib dunyodagi eng mashhur simsiz naushnikka aylandi?


Apple’ning so‘nggi yillardagi eng yaxshi mahsulotlaridan biri — bu AirPods naushniklari. Apple Watch’dan farqli o‘laroq, naushniklar tezda bozorni egallagan, deb xabar beradi IXBT.

AirPods nafaqat ulkan miqdorda sotilgan (2019-yilda 35 million naushnik 7,3 milliard dollarga sotilgan), balki dunyodagi eng mashhur simsiz naushnik hisoblanadi. Bundan tashqari, aynan AirPods simsiz naushniklarga ommaviy ravishda tezkorlik bilan o‘tish yo‘lida katalizator vazifasini o‘tagan.

Ammo Apple avval boshida shu kabi muvaffaqiyatni kutgan edimi? Greg Josviak — Apple mahsulotlarining marketingi bo‘yicha vitse-prezidenti — AirPods naushniklarining bozorni egallash jarayoni haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Apple bu kabi ulkan muvaffaqiyatni kutmagan.

“Bu xuddi o‘rmon yong‘ini kabi edi — juda tez tarqaldi. Barchasi biz tasavvur qilganimizdan ham yaxshiroq sodir bo‘ldi”, — deydi Josviak.

Shu bilan birga, Josviakning ta’kidlashicha, Apple AirPods taqdim etilguniga qadar o‘zining simsiz naushniklari kelajagini ko‘ra bilgan. Apple simsiz naushniklar haqida iPhone ishlab chiqarilganidan keyinoq o‘ylashni boshlagan.

2009-yilda esa Apple Stenford universiteti bilan AirPods’ning kelajakdagi shakli haqida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Apple yuzlab quloqlarni skanerdan o‘tkazib, barchaga to‘g‘ri keladigan dizayn yo‘lida “quloq xaritasi”ni yaratishni boshlagan.

Avvalroq Apple’ning yangi naushniklari — AirPods X narxi e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir: Dubaylik qiz internet orqali AirPods naushniklarini buyurtma qildi. Unga boshi kattaligidek keladigan naushniklar yetkazib berildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют