» » O‘zbekistonda 2020-yilda OTMlarga kirish imtihonlari faqat 2 ta mutaxassislik fanidan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2020-yilda OTMlarga kirish imtihonlari faqat 2 ta mutaxassislik fanidan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda koronavirus sababli 2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini istisno tariqasida faqat 2 ta mutaxassislik fanidan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Davlat test markazi tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, abituriyentlarni qiynab qo‘ymaslik maqsadida faqat 2020/2021-o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu 2 ta mutaxassislik fanlari 2019-yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, keng jamoatchilikka e’lon qilingan.

Ta’kidlanishicha, infeksiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda abituriyentlarning 1000 o‘rinlik binolarda 3-4 soat qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Mazkur o‘quv yilida test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda ko‘pi bilan 700 tagacha o‘rin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun kamida 3 kvadrat metr joy ajratiladi. Sanitariya-gigiyena talablariga binoan, abituriyentlarning niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi. Abituriyentning tana harorati o‘lchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marta dezinfeksiya qilinadi.

Qayd etilishicha, mazkur choralarning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etilgan ushbu jarayon ham karantin cheklovlari butunlay olib tashlangandan so‘ng amalga oshiriladi.

Keyingi o‘quv yilidan boshlab hamma jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-aprel kuni joriy 2019/2020-yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabulini takomillashtirib, masofadan, onlayn shaklda, internet orqali hujjat topshirish imkoniyatini yaratish zarurligi ta’kidlangandi hamda 2020-yilda imtihonlarni soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilgandi.

Ma’lumot uchun, mutaxassislik fanlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi ikkita fan hisoblanadi. Har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test savoli beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 3,1 ball bilan baholanadi. Maksimal ball — 186 ball.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют