» » Toshkent shahar IIBB kuchli shamol kutilayotgani sababli avtomobillarni daraxt tagida qoldirmaslikni tavsiya qildi

Toshkent shahar IIBB kuchli shamol kutilayotgani sababli avtomobillarni daraxt tagida qoldirmaslikni tavsiya qildi


“O‘zgidromet” 12-14-may kunlari kuchli shamol esib, yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisi va mehmonlariga murojaat bilan chiqdi.

“Toshkentda kuchli shamol esishi kutilmoqda. Mulkingizga ziyon yetishining oldini olish uchun daraxtlar tagida va reklama ustunlari yaqinida qoldirgan avtomobillaringizni xavfsizroq joyga qo‘yishingizni so‘raymiz.

Derazalarni mahkam yoping. Tashqi tokchadan gultuvaklar va boshqa buyumlarni olishingizni tavsiya etamiz. Elektr bilan bog‘liq uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda maishiy elektr uskunalaringizni elektr tarmog‘idan uzib qo‘ying”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” 13-may kuni kuchli yog‘ingarchilik va shamol kuzatiladigan hududlarni ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют