» » Toshkent viloyatida haydovchi velosipedchini urib yubordi. Velosipedchi hodisa joyida vafot etdi

Toshkent viloyatida haydovchi velosipedchini urib yubordi. Velosipedchi hodisa joyida vafot etdi


Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 11-may kuni soat 20:30 larda avtobus velosipedchini urib yubordi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa Toshkent—Dushanbe avtomobil yo‘lining 63-kilometrida yuz bergan. 1983-yilda tug‘ilgan G‘.M. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi Sirdaryo viloyatidan Yangiyo‘l shahri tomon harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan transport vositalari yoritgichlari yo‘lni ko‘rish imkoniyatini kamaytirgani sababli G‘.M. bir yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan 1987-yilda tug‘ilgan A.Sh.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

33 yoshli A.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

YHXBB haydovchilarga murojaat qilib, haydovchilardan shahar hududida transport vositasi tezligini me’yoridan oshirmaslik, yaqinni yoritish chiroqlaridan foydalanish, piyoda va velosipedchilarga e’tiborli bo‘lishni so‘rab qoladi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan 802 ta YTHdan 7 tasi qarama-qarshi kelayotgan avtomobil chiroqlarining nuri haydovchining ko‘ziga tushishi oqibatida ro‘y bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют