» » Andijonda sotuvchi ayolning salkam 60 mln so‘mlik ayollar poyabzalini sotib berishni va’da qilib, aldab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda sotuvchi ayolning salkam 60 mln so‘mlik ayollar poyabzalini sotib berishni va’da qilib, aldab ketgan shaxs qo‘lga olindi


Andijon viloyatining Shahrixon tumanida sotuvchi ayolning salkam 60 million so‘mlik ayollar oyoq kiyimini sotib berishini va’da qilib, aldab ketgan fuqaro M.M. ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axboroti xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Shahrixon tumani “Qorako‘rpa” mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro M.M. tumanning “Qo‘rg‘oncha” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro G.T.ning ishonchiga kirib, uning umumiy narxi 59 million 350 ming so‘mga teng bo‘lgan tovarlarini sotib berish sharti bilan oladi. Tez orada pulini qaytarishga va’da berganiga qaramasdan mahsulotlarni sotib, pulini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Sotuvchi ayol G.T.ning Shahrixon tuman IIBga qilgan murojaatiga ko‘ra, holat bo‘yicha M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.M.ga ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют