» » Rasul Kusherbayev ayrim tadbirkorlar unga qarshi ko‘rsatma berishga majburlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Rasul Kusherbayev ayrim tadbirkorlar unga qarshi ko‘rsatma berishga majburlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zi haqidagi so‘nggi kunlar paydo bo‘lgan xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda ayrim tadbirkorlar unga qarshi ko‘rsatma berishga majburlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangiyo‘llik tadbirkor videoda bayon etgan holatlar, yer uchastkasi bilan bog‘liq vaziyat va boshqa ishlar bo‘yicha ayrim prokuratura mas’ullarining menga ayblov uyushtirish, majburan ko‘rsatma olishga urinishlari haqida fuqarolar tomonidan menga ham murojaatlar bo‘lgan va ularni imkon darajasida o‘rganganman.

Ushbu holatlar bo‘yicha huquqiy baho berish, deputat faoliyati, o‘zi va oilasi daxlsizligi bilan bog‘liq kafolatlarni to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli yuqori idoralarga murojaat qilganman.

Umid qilamanki, barcha holatlar hech qanday ta’sirlarsiz xolis o‘rganilib, huquqiy baho beriladi, deputat daxlsizligi, sha’ni va ishchanlik obro‘si ta’minlanadi.

Eslatma uchun, deputatning odamlarga, tadbirkorlarga huquqiy ko‘mak berishi, muloqot qilishi, do‘stlarga ega bo‘lishi, xalq dardini eshitib, har qanday vaziyatda ham fuqarolarning yonini olishga urinishi qonunbuzarlik bo‘lishi mumkinmas. Bu faqat ayrim nopok shaxslarning dunyoqarashi xolos.

Bo‘layotgan ishlardan qattiq xafaman.

Barchaga e’tibor va ma’naviy qo‘llov uchun rahmat!

Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 

Mazvuga doir: “Mahallalarda virus yuqmaydigan va yuqtirmaydigan ‘supermen’lar ishlasa kerak”. Deputat Kusherbayev uyma-uy yurib, tomorqa tekshirayotganlarni tanqid qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют