» » O‘zbekistonda bir kunda 61 kishida koronavirus aniqlandi, 52 nafar bemor esa koronavirusdan sog‘aydi

O‘zbekistonda bir kunda 61 kishida koronavirus aniqlandi, 52 nafar bemor esa koronavirusdan sog‘aydi


O‘zbekistonda 12-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 28 kishiga oshib, kasallanganlar 2547 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 12-may davomida O‘zbekistonda jami 61 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shu bilan birga, 12-may kuni mamlakat bo‘yicha 52 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan. Infeksiyadan sog‘ayganlar soni jami 2040 kishiga yetdi. Kun davomida Andijonda 4 kishi, Toshkentda 19 kishi, Surxondaryoda 4 kishi, Xorazmda 18 kishi, Namanganda 7 kishi koronavirusdan sog‘aydi.

“Koronavirus infeksiyasidan davolanish ko‘rsatkichi 80 foizga yetdi. Buxoro, Andijon, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi koronavirusdan xoli hudud maqomini olishga yaqinlashmoqda”, – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi. Ayni vaqtda 497 kishi davolanishda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют