» » Navoiyda yoqtirgan qizidan 3 mln so‘m undirmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi

Navoiyda yoqtirgan qizidan 3 mln so‘m undirmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi


Navoiyda 22 yoshli qizning ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish orqali qo‘rqitib, undan pul talab qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

6-may kuni soat 18:30 da viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan Navbahor tumanida yashovchi 22 yoshli S.O‘.ning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 2018-yildan hozirgi kunga qadar S.O‘. bilan yaqin munosabatda bo‘lib kelgan 27 yoshli F.X. qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro F.X. qiz fosh etilishini istamagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish orqali uni qo‘rqitib, 3 million so‘m talab qilgan. Yigit pullarni olgan vaqtida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Tadbir davomida 3 million so‘m pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Toshkentda 22 yoshli qizning ehtirosli suratlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, 800 dollar talab qilgan yigit ushlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют