» » Buxoroda aprel oxiridagi shamol qariyb 42 ming xonadonga zarar yetkazgan

Buxoroda aprel oxiridagi shamol qariyb 42 ming xonadonga zarar yetkazgan


Buxoro viloyatida 2020-yilning 27-aprel kuni sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida shahar va tumanlarda 41 ming 927 ta bino va inshootlar talafot ko‘rgan. Bu haqda viloyat shtabining ma’lumotiga tayanib, “O‘zA” xabar berdi.

Kuchli shamol tufayli 41 ming 85 ta aholi xonadonlari, 842 ta ijtimoiy soha obyektlariga turli darajada zarar yetgan. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra ko‘rilgan zarar 141,6 milliard so‘m bo‘lishi mumkin.

Ayni kunda 24 ming 322 ta aholi xonadoni, 326 ta umumta’lim, 160 ta maktabgacha ta’lim, 81 ta sog‘liqni saqlash va 88 ta boshqa muassasalarda ta’mirlash-tiklash ishlari yakunlandi.

Viloyatning barcha hududlariga shu vaqtga qadar 825 ming 492 dona shifer, 414 ming 906 kvadrat metr profnastil, 3 ming 700 kvadrat metr oyna, 4 ming 249 metr kub yog‘och-taxta, 185 tonna sement, 45 ming dona g‘isht, 1 ming 600 kilogramm mix yetkazib berilgan.

Aholi turar joylari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazilgan zararni bartaraf etishda jami 32 ming 530 nafar quruvchi jalb qilingan.

Shuningdek, Mudofaa vazirligidan 240 nafar (32 birlik maxsus texnika), viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligidan 245 nafar (54 birlik maxsus texnika), Ichki ishlar vazirligidan 79 nafar (18 birlik maxsus texnika), Milliy gvardiyadan 250 nafar (18 birlik maxsus texnika) shaxsiy tarkib amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan 16 ta bekat to‘liq ta’mirlangan, deyiladi shtab xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют