» » Ilon Mask taqiqlarga qaramay Kaliforniyadagi Tesla zavodining ishini qayta tikladi

Ilon Mask taqiqlarga qaramay Kaliforniyadagi Tesla zavodining ishini qayta tikladi


Ilon Mask AQShning Kaliforniya shtati Alamida okrugi hukumati tomonidan joriy qilingan taqiqqa qaramasdan, mazkur okrugdagi Tesla zavodining ishi qayta tiklanganini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Maskning ma’lum qilishicha, u ayni paytda zavodda bo‘lib turibdi. Shuningdek, tadbirkor agar okrug rasmiylari kimnidir hibsga olishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, faqat uni hibsga olishni so‘ragan.

Kaliforniya shtatida koronavirus tarqalgani sababli yopilgan korxonalarga 7-maydan boshlab faoliyatni qayta tiklashga ruxsat berilgan. Bunda shtat rahbariyati mahalliy boshqaruv organlari taqiqlarni uzaytirishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Alamida okrugida cheklovlar may oyining oxiriga qadar amalda bo‘ladi. Okrug rasmiylari Tesla faoliyatini qayta tiklashi mumkin bo‘lgan kompaniyalar qatoriga kirmasligini bildirgan.

Bunga javoban Ilon Mask kompaniya shtab-kvartirasini boshqa shtatga ko‘chirish bilan tahdid qilgan. U rasmiylarning qarorini konstitutsiyaga zid deb atagan va kompaniya okrugni sudga berishini ma’lum qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Tesla rahbarini qo‘llab-quvvatlagan. Prezident Kaliforniya shtati Tesla’ga va Ilon Maskka zavodni ochishga ruxsat berishi kerakligini, buni ayni paytda tez va xavfsiz bajarish mumkinligini ta’kidlagan.

Mart oyining boshida Ilon Mask koronavirus atrofidagi vahimani ahmoqlik deb atagandi hamda amerikaliklarning avtohalokat oqibatida vafot etishi ehtimoli koronavirusdan o‘lishdan yuqoriroq ekanini aytgandi. Keyinroq Ilon Mask koronavirus sabab bir hafta ichida 5,5 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ni yo‘qotdi. Mart oyining oxiriga kelib Ilon Mask koronavirusni davolash yo‘lida sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatdi.

Mavzuga doir: Ilon Mask oltinchi farzandiga X ? A-12 deb ism qo‘ydi. Kaliforniya shtati ma’muriyati bunday ismni qabul qila olmaydi, uni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют