» » O‘zbekistondagi turk jamoatchiligi Sardoba falokatidan jabrlanganlar uchun qariyb 80 ming dollar taqdim etdi

O‘zbekistondagi turk jamoatchiligi Sardoba falokatidan jabrlanganlar uchun qariyb 80 ming dollar taqdim etdi


O‘zbekistonda yashayotgan turk jamoatchiligi vakillari Sardoba falokati sababli qiyin vaziyatda qolgan sirdaryoliklar uchun xayriya aksiyasi o‘tkazib, 686,5 million so‘m va 10,3 ming dollar mablag‘ yig‘di. Bu haqda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot maslahatchisi Dovud Gazi Benliga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Dovud Gazi Benli bergan ma’lumotga ko‘ra, yig‘ilgan mablag‘ O‘zbekiston hukumati tomonidan Sardoba uchun ochilgan rasmiy hisobga o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi turklar va turk tadbirkorlari, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi (UTID) va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Turkiyadan salomlar! Sardoba, biz birgamiz!” nomli jamg‘arma falokatning dastlabki kunidanoq tashkil qilingan.

“Aksiya davom etmoqda va kelgusida yig‘iladigan moddiy yordam takror e’lon qilinib, rasmiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. O‘zbekistonda yashaydigan turklar har qanday vaziyatda har doim o‘zbekistonlik birodarlarimizga dalda bo‘lishda davom etadi”, — deb ta’kidlagan Dovud Gazi Benli.

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokatda salkam 6 mingta turar joyga zarar yetgan. Falokat oqibatida jabrlangan aholiga yordam berish uchun Qirg‘iziston hukumati insonparvarlik yordami jo‘natdi. AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi toshqin oqibatida jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 100 ming dollar ajratdi. O‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov esa Sirdaryoda jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan hududlarni tiklashda zudlik bilan yordam berishga tayyorligini bildirgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun “Saxovat karvon”lari jo‘natilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют