» » Video: BMW M8 va Porsche Taycan poyga trassasida duel uyushtirdi

Video: BMW M8 va Porsche Taycan poyga trassasida duel uyushtirdi


AutoBild Sportscars kanali blogerlari benzinda harakatlanuvchi kupesimon BMW M8 Competition sedani va Porsche Taycan Turbo S elektrokarini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi. Tajribali haydovchi ikkala avtomobilda Lauzisring poyga trassasi bo‘ylab 4,5 kilometr masofa bosib o‘tgan. Ikkala mashinaga ham bir xil — Pirelli P Zero shinalari o‘rnatilgan, deb xabar beradi Motor.

Texnik jihatdan ikkala mashina ham bir-birga o‘xshash: BMW M8 Gran Coupe Competition’ga 625 ot kuchiga ega 4,4 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariladi. BMW Porsche’dan ko‘ra qariyb 400 kilogrammga yengil va 20,5 ming yevro arzonroq turadi.

Porsche Taycan Turbo S’ga esa 761 ot kuchiga ega to‘liq uzatmali motor o‘rnatilgan. Ta’kidlanishicha, elektromobil soatiga 100 kilometr tezlikka BMW’dan ko‘ra 0,4 soniya tezroq erishadi.

“Jangovar” harakat rejimi yakuniga ko‘ra, turli motorlar o‘rnatilgan nemis sedanlari orasidagi farq 0,2 soniyani tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют