» » Eron hukumati COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostiga olinganini bildirdi

Eron hukumati COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostiga olinganini bildirdi


Eron hukumati mamlakatning ayrim hududlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda Eron sog‘liqni saqlash vaziri Said Namakiyga asoslanib, “RIA Novosti” xabar qilgan.

“Mamlakat miqyosida vaziyatning nisbatan yaxshilanishiga erisha oldik. Epidemiyaning dastlabki kunlarida kasallikning tarqalishiga qarshi kurash uch bosqichda amalga oshirilishi haqida gapirgandim – boshqaruv, nazoratni o‘rnatish va kasallik tarqalishini oldini olish. Ayrim hududlarda nazorat, yana boshqalarida esa mahalliylashtirish bosqichiga o‘tilgan”, – degan vazir.

Namakiy Eron janubi-g‘arbidagi Xuziston viloyatida vaziyatning yomonlashgani yuzasidan fikr bildirib, koronavirus epidemiyasi tugadi deb o‘ylash strategik xato ekani, bu borada ayrim hududlarda odamlar “barchasi ortda qoldi” deb o‘ylagani kabi xulosa qilishga shoshilmaslik lozimligini ta’kidladi.

Eronda 19-fevraldan beri deyarli 110,8 ming nafar odam koronavirusga chalingan, 6,7 ming nafar bemor kasallik oqibatida vafot etgan. Qariyb 88,4 ming kishi COVID-19’dan tuzalgan.

Eronda viloyatlar va ularning ma’muriy hududlarida qancha odamning kasallangani, tuzalgani va vafot etgani haqidagi statistik ma’lumotlar mart oyi oxiridan buyon e’lon qilinmayapti.

Aprel o‘rtalarida mamlakatda karantin cheklovlari yumshatildi – COVID-19 tarqalishiga kuchli ta’sir qilmaydigan va odamlar to‘planishiga yo‘l bermaydigan ishlab chiqarish korxonalari va biznes faoliyatini qayta boshladi. May oxiriga borib mamlakatning ayrim hududlarida boshqa tadbirkorlik faoliyatlarining boshlanishiga ham ruxsat berilishi kutilmoqda.

Shu maqsadlarda Eronda hududlarni koronavirusning tarqalish holatiga qarab “oq”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish boshlangan. Aksar hududlarda masjidlar qayta ochilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют