» » Buxorodagi talafot 141,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Zarar homiylik mablag‘laridan qoplanishi aytilmoqda

Buxorodagi talafot 141,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Zarar homiylik mablag‘laridan qoplanishi aytilmoqda


Buxoroda joriy yil 27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik oqibatidagi talafot 141,6 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev ma’lum qildi.

Buxoro hokimligida tuzilgan shtabga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida viloyatning barcha shahar va tumanlarida 41 927 ta bino va inshootga zarar yetgan bo‘lib, inshootlarning 41 085 tasi aholi xonadoni, 842 tasi esa ijtimoiy soha obyekti hisoblanadi.

Ayni paytgacha 24 322 ta xonadon, 326 ta maktab, 160 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 81 ta sog‘liqni saqlash va 88 ta boshqa muassasada ta’mirlash-tiklash ishlari to‘liq yakunlangan.

Talafot zararini bartaraf etish maqsadida 32 530 nafar quruvchi jalb etilgan. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan 16 ta bekat to‘liq ta’mirlangan.

Elektr ta’minotidan uzilgan 359,1 ming xonadonning 342,46 mingtasi qayta ulangan va tiklangan. Ishdan chiqqan 1,8 mingta transformatorning 1,61 mingtasi qayta tiklangan. “Hamza-1” va “Hamza-2” nasos stansiyalarida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini tiklash ishlari yakuniga yetkazilgan. Tabiiy gaz tizimi bo‘yicha zarar yetkazilgan 115,17 ming xonadonning barchasida gaz ta’minoti to‘liq tiklangan.

Viloyat tezkor shtabining “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, talafotlar homiylik mablag‘lari evaziga bosqichma-bosqich bartaraf etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 27-aprel kechasi Buxoro viloyatida, ayniqsa, Olot va Qorako‘l tumanlarida kuzatilgan yomg‘ir aralash kuchli shamol oqibatlarini bartaraf qilish uchun davlat budjetidan 100 milliard so‘m ajratilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 134) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют