» » AQSh bosh infeksionisti koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

AQSh bosh infeksionisti koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi


AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi koronavirus tarqalishi nazorat qilib bo‘lmaydigan darajaga yetishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda uning so‘zlariga asoslanib, The New York Times xabar bergan.

Kongressda nutq so‘zlagan Fauchi mamlakatda karantin cheklovlarini olib tashlashga hali erta ekani va ushbu qarorning jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qayd etdi.

“Karantin bekor qilinsa, koronavirusning tarqalishi yana ham tezlashib ketishi mumkin, nazorat qilib bo‘lmaydigan vaziyatga sharoit yaratilmoqda”, — degan Fauchi. U COVID-19’dan vafot etganlar soni rasmiy ma’lumotlardagidan ko‘ra ko‘proq ekanligini taxmin qildi.

Mavzuga doir: Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida nima sababdan tibbiy niqob taqmayotganini tushuntirdi

30-aprelda bosh infeksionist koronavirusga qarshi yuz millionlab vaksina 2021-yilda tayyor bo‘lishi haqida gapirgan, shuningdek, shu ish bilan shug‘ullanayotgan jamoa tarkibiga kirganini aytgandi.

AQShda pandemiya juda jiddiy sur’atda davom etayotganiga qaramay ayrim shtatlarda karantin cheklovlari yumshatilgan. Karantin cheklovlarni yumshatgan dastlabki hududlardan biri – Jorjiya shtati.

AQShda 1,35 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 80 mingdan ko‘proq bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan, 233 ming kishi koronavirusdan tuzalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют